Arslon, jodugar va javon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qo'shtirnoqlar
Imlo
Qator 24:
 
Toʻrt bolakay uyni koʻrib chiqish davomida Lucy bir kiyim javonini ochib qaraydi va [[Narniya]] nomli sehrli dunyoni kashf qiladi. U yerda u [[Janob Tumnus]] ismli [[favn]]ni uchratadi. Favn uni oʻz uyiga choyxoʻrlik uchun taklif etadi. U yerda favn Lucy haqida Narniyaning soxta malikasi [[Oq Jodugar]]ga xabar bermoqchi boʻlganini, ammo keyinchalik fikrini oʻzgartirganini tan oladi. O‘z dunyosiga qaytganida Lucyning aka-opalari uning Narniya haqidagi hikoyasiga ishonishmaydi. Lucyning katta akasi Edmund ham kiyim javoniga kiradi va Oq Jodugarni uchratadi. Oq Jodugar unga turk shirinliklarini berib, uni jodulab qoʻyadi. U Edmundni oʻz aka-singillarini Narniyaga olib kelishga undaydi va Edmund ular ustidan hukmronlik qilishiga ishontiradi. Edmund Lucy bilan Narniyada uchrashib qolib, professorning uyiga
birga qaytishadi. Ammo, u Peter va Susanni javon ortida hech qanday Narniya mavjud emas, deya aldaydi.
 
Oxir-oqibat barcha toʻrt bolakay Narniyaga javon orqali tushib qolishadi. U yerda ular Janob Qunduz va Xonim Qunduzni uchratib, ularning uyigauyida kechki ovqat uchun mehmon boʻlishadi. Qunduzlar: „Qachonki [[Odam Ato]]ning ikki oʻglioʻgʻli va [[Momo Havvo]]ning ikki qizi [[Kair Paravel]]dagi toʻrt shohsupani egallasa, shundagina jodugarning hukmronligiga chek qoʻyiladi“, — degan rivoyatni aytib berishadi. Yana, Qunduzlar Narniyaning haqiqiy qiroli — [[Aslan]] ismli buyuk sher haqida aytib, u bir necha yillar davomida olisda boʻlganini va endilikda „qaytayotganini“ aytishadi.
 
Edmund Oq Jodugarga qochib ketadi. Jodugarning qasri tosh haykallar, uning muzlatilgan dushmanlari bilan toʻlgan boʻladi. Qunduzlar Edmund qayerga ketganini anglab, oʻz uyini tashlab chiqadilar va bolalarni Aslan tomon boshlaydilar. Sayohat davomida ular qor eriyotganini, bu degani Oq Jodugarning sehri yoʻqolib borayotganini koʻradilar. Ota Mavludning tashrifi buni tasdiqlaydi. Ota Mavlud uch bolakay va qunduzlarga sovgʻalar ulashadi. Peter qilich va qalqon, Susan gorn va kamon, Lucy sehrli darmon suyuqlik, Xonim Qunduz tikuv mashinasiga ega boʻladi, Janob Qunduzning esa qurilayotgan toʻgʻonlari tugatib beriladi.
Qator 34:
Aslan Lucy va Susanni oʻz orqasiga oʻtkazib, Jodugarning qasri tomon yoʻl oladi. U yerda u haykallarga puflab, ularni hayotga qaytaradi. Peter va Edmund Narniya qoʻshinlari bilan Oq Jodugar qoʻshinlariga qarshi jang olib borayotgan, ammo magʻlubiyatga uchrayotgan boʻladi. Aslan tirilgan sobiq haykallar bilan yordamga yetib keladi. Narniyaliklar yovuz armiyani yanchib tashlaydilar va Aslan Jodugarni oʻldiradi.
 
Pevensie bolakaylari Narniyaning qirol va qirolichalari etib saylanadilar: Serhasham Qirol Peter, Sahovatli Qirolicha Susan, Odil Qirol Edmund va Dovyurak Qirolicha Lucy. Bir necha yillardan soʻng, voyaga yetgan aka-singillar otlarga oʻtirib, Oq Bugʻuni ovlagani ketishadi. Ular chiroq ustunini koʻrib, uning yoniga borishadi. Chiroq ustunining shunday ketidan shoxlar qish kiyimlariga aylanib qoladi. Aka-singillar kiyim javoniga tushib qolgan va yana bolalarga aylangan boʻlishadi. Ular Professorning uyiga qaytib chiqishadi.
 
== Boblar ==