Amerika qora ayigʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

7-Mart 2013, 23:05 dagi koʻrinishi

Baribal, amerika qora ayig‘i (Ursus americanus) — yirtqichlar turkumining ayiqlar oilasiga mansub hayvon. Tanasining o‘rtacha uz. 1,75, bo‘yi 1 m ga yaqin, og‘irligi 150 kg gacha. Juni odatda qora, tumshug‘ining uchki qismi ochiq sarg‘ish bo‘ladi. Shim. Amerika o‘rmonlarida yashaydi. Asosan o‘simliklar b-n oziqlanadi, ba’zan uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarga ham hujum qiladi. Qishda uyquga ketadi. Urg‘ochilari yanv. — fev.da 2 — 3 ta bola tug‘adi. Sport ovi ob’ekti hisoblanadi. Ko‘p joylarda qirilib ketgan, faqat AQSH ning milliy bog‘lari va qo‘riqxonalarida ko‘proq saqlanib qolgan (Ayiqlar maqolasidagi rasmga q.).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil