Boris Anisimovich Bondarenko: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 01:03 dagi koʻrinishi

Bondarenko Boris Anisimovich (1923.19.10, Davlekanov sh., Boshqirdiston) — kibernetik olim. O‘zbekiston FA akad. (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), fizikamat, fanlari d-ri (1970), prof. (1974). 1928 y.dan Toshkentda. O‘rta Osiyo davlat untini tugatgan (1953). O‘zbejchctoh FA Matematika in-tida (1953—72), Toshkent t. y. transporti muhandislari in-tida (1972—80), O‘zbekiston FA "Kibernetika" ilmiy i. ch. birlashmasida (1980 y.dan) ishladi. B. matematik fizikaning yarim chiziqli shu jumladan polivibratsion tenglamalarni o‘rganish bo‘yicha xalqaro maktab asoschilaridan biri (rumin olimi Manjeron b-n birga). Ilmiy ishlari uzlukli mat., kombinatolik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar b-n yechish, arifmetik fraktal tuzilmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining 3 o‘lchovli masalalariga bag‘ishlangan. "Jasorat" medali b-n takdirlangan (1995).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil