Vena (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
JYBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Robot: Modifying cy:Wien to cy:Fienna
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 34:
| ilovalar =
}}'''Vena ''' (nemischa: {{Audio|Wien1.ogg|Wien}}) — [[Avstriya]]ning poytaxti va eng yirik shahri.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Vena (maʼnolari)}}
'''Vena''' — Avstriya poytaxti. Dunay daryosi boʻyida. Alp togʻlarining shim.-sharqiy tarmogʻi — Vena Oʻrmoni (Vinervald) togʻi etagida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. dan ziyod kishi (1990y.lar oxirlari). V.da yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, baʼzan — 12° dan —18° gacha sovuqlar ham boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°.
 
1 -a.da V. oʻrnida Rim legionlarining lageri (Vindobon) boʻlgan. Manbalarda V. nomi dastlab 881, soʻngra 1030 y.dan tilga olinadi. 12-a. oʻrtalaridan Avstriya gersoglarining qarorgohi. 16-a.
 
dan koʻp millatli Avstriya-Gabsburglar davlatining poytaxti. V. 18—19-a.lardan Yevropa madaniyati (ayniqsa musiqa madaniyati)ning yirik markazlaridan biri. 1805—06 va 1809 y.larda V.ga Napoleon 1 qoʻshinlari bostirib kirgan. 1814—15 y.larda Vena kongressi chaqirilgan. 1848—49 y.larda V. revolyutsion kurash markazi. 1867—1918 y.larda V. Avstriya-Vengriya poytaxti. 1938 y. martda nemis qoʻshinlari Avstriya-ni, shu jumladan V.ni ham egalladi. 1945 y. 13 apr.da fashistlardan ozod qilindi, oʻsha yili iyulda V.da Avstriyaning okkupatsiya zonalari va V.ni idora qilish haqidagi bitimlar imzolandi. 1955 y. mayda V.da mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqidagi davlat shartnomasi imzolandi, okt. da Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi haqida qonun qabul qildi. V. Avstriyadagi eng yirik, Yevropadagi muhim transport yoʻllari tuguni. Shvexat xalqaro aeroporti bor. V. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik daryo porti. Mamlakatdagi sanoat i. ch.ning qariyb yarmi V.ga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, (elektrotexnika, transport mashinalari), kimyo, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Eksport uchun kiyimbosh, poyabzal, musiqa asboblari va b. ishlab chiqariladi.
 
V.ning markaziy qismida Stefan sobori (12—15-a.lar), Barokko usulida qurilgan Karl Borromey cherkovi (171637), Shyonbrunn (taxm. 1695-1700), Shvarsenberg (1697-1715), Shyonborn (1706-11), Belveder (1714— 24) kabi saroy va binolar saqlangan. 19-a.da va 20-a.ning boshlarida qurilgan binolar (muzey, 1870—91; teatr, 1870—88; Sesession koʻrgazmalar binosi, 1899) modern uslubiga xosdir. V.da FA, Vena universiteti, bir qancha oliy maktablar, Musiqa sanʼat akademiyasi, Burg teatri, opera teatri, L. Betxoven, Y. Gaydn, V. A. Motsart, F. Shubert, I. Shtraus uy-muzeylari va b. bor. 15 dan ortiq muzey, koʻrgazma zallar va saroylarda badiiy sanʼatning nodir kolleksiyalari saqlanadi. Eng yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi. Metropoliten bor. V. — YUNI-DO, MAGATE va b. xalqaro tashkilotlarning qarorgohi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Havolalar ==
Qator 221 ⟶ 233:
[[zh-min-nan:Wien]]
[[zh-yue:維也納]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}