Konstantinopol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 16:03 dagi koʻrinishi

Konstantinopol, Vizantii — Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324— 330 y.larda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga "Konstantinopol" — "Konstantin shahri" deb nom qoʻyilgan. 330 y.da Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa K.ga koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib kelinishi K.ning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202—04)da salibchilar tomonidan talandi. 1204—61 y.larda Lotin imperiyasi poytaxti. 1261 y. vizantiyaliklar genuyaliklar bilan ittifok, tuzib, shaharni qaytarib oldilar. 1453 y. 29 mayda uni usmonli turklar egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirganlar. K. keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923 y.gacha Turkiya poytaxti boʻlgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil