Konstantin Marjanishvili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

20-Aprel 2013, 17:46 dagi koʻrinishi

MARJANISHVILI Konstantin (Kote) Aleksandrovich (1872.9.6 — 1933.17.4) — rej., gruzin teatri asoschilaridan. Gruziya xalqartisti (1931). Sahna faoliyatini 1893 y. aktyor sifatida boshlagan. 1897 y.dan rus teatrlarida ishlagan. 1913 y. Moskvada "Erkin teatr" ("Goʻzal Yelena" spektaklini qoʻygan), 1920 y. Petrogradda Komik opera teatrini tashkil etgan. 1919 y. Kiyevda ham ishlagan (shaharning barcha teatrlariga komissar boʻlgan). 1922 y.dan gruzin teatrining yetakchi arboblaridan, uning islohchisi. 1928 y. Kutaisida dramatik teatr (hoz. Tbilisidagi Marjanishvili nomidagi teatr)ni tashkil etdi. "Koʻzibuloq", "Gruziyada quyosh tutilishi", "Hamlet", "Uriel Akosta", "Don Karlos" kabi spektakllari teatr ravnaqiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Fojiaviy, dramatik, komik, operetta, pantomimik kabi birbiriga kontrast janrdagi spektakllar sahnalashtirib, muvaffaqiyat qozongan.

1924 y.dan Gruziya davlat kino sanoatida ham ishlagan. "Oʻgay ona Samanishvili", "Qonun va burch", "Gogi Ratiani", "Soʻna" kabi filmlarga rej.lik qilgan. M. ijodi Gruziya ki-nosining shakllanishiga va N. Shengelaya, M. Chiaureli kabi Gruziya kinosining yirik arboblari ijodiga katta taʼsir etdi va ular M. rej.lik sanʼati prinsiplarini rivojlantirdilar. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil