César Milstein: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

20-Aprel 2013, 21:07 dagi koʻrinishi

MILSHTEYN (Milstein) Sezar (1927.8.10, Bayya-Blanka) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayresdagi un-tni kimyogar mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1952). Buenos-Ayresdagi Milliy mikrobiologiya in-ti molekulyar biol. boʻlimi (1961), Kembrij unti biokimyo boʻlimi oqsil va nuklein kislotalar lab. mudiri (1983 y.dan). 1975 y.da G. Kyoler va M. faqat bitta maxsuslikka ega boʻlgan antitelolarni sintez qiluvchi hujayra gibridlarini olish usulini ishlab chiqib, gibridom biotexnologi-yasiga asos solishdi. Monoklonal antitelolar olish va immunogenezning tursimon nazorati boʻyicha kashfiyotlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1984, G. Kyoler va N. K. Yerne bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil