Murmansk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

23-Aprel 2013, 18:26 dagi koʻrinishi

Murmansk (1917 y.gacha Romanov na Murmane) — RF Murmansk viloyatidagi qahramon shahar (1985), Murmansk viloyati markazi, Barens dengizining Kola qoʻltigʻi sohilidagi muzlamaydigan port. T.y. stansiyasi. Aholisi 388,3 ming kishi (1998). Sanoatining asosiy tarmoqlari — baliq ovlash va baliqni qayta ishlash, kema tuzatish, qurilish materiallari i.ch. M.da t-ral, seld ovlash va qabul-transport flotlari bor. Qutb i. t. va dengiz baliqxoʻjaligi va okeanografiya loyihalash in-tlari, 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, harbiydengiz muzeylari bor. M. Kola qoʻltigʻida dengiz porti qurilishi va Murmansk t. y. oʻtkazilishi munosabati bilan vujudga kelgan. 1930 y.dan M. Shim. dengiz yoʻlining boshlanish joyi. 2-jahon urushi y.larida M. porti muhim strategik ahamiyatga ega boʻldi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil