Muqaddas uchlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

23-Aprel 2013, 19:44 dagi koʻrinishi

Muqaddas uchlik, troitsa — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga koʻra, xudo mohiyatan yagonadir, lekin u 3 qiyofada namoyon boʻladi: ota-xudo, oʻgʻil-xudo (Iso Masih), muqaddas ruhxudo. M.u. aqidasi 1- (325 y.) va 2- (381 y.) Jahon soborida rasmiylashtirildi. Koʻp sektalar ratsionalistik mavqedan turib uni inkor etdilar; 2) xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Pasxadan keyin 50kuni nishonlanadi. Bu bayram shu kuni apostollarga "muqaddas ruh" tushishi sharafiga belgilangan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil