Rahmon Olloberganov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

3-May 2013, 18:21 dagi koʻrinishi

Olloberganov Rahmon Olloberganovich (1910.1.1 - Xiva - 1986.15.11) — bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930—40), Urganch musiqa maktabi oʻqituvchisi (1940—42) va direktori (1944—62 va 1964 y.dan). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). O. "Adolat" (I. Akramov), "Maʼrifat qurbonlari" (E. Rahim), "Oshiq Gʻarib" (Yu. Yusupov; A. Otajonov bilan hamkorlikda) va b. pyesalarga, bir qancha inssenirovkalarga musiqa yozgan. "Yoshligim", "Bir kelib keting qishlogʻimizga" va b. qoʻshiklari ommaviylashgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil