Baliqlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Baliq (maʼnolari)}}
'''Baliqlar''' (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan B.ning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli B.) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. B. tanasini toʻlqinsimon bukib va yozib harakatlanadi. Juft va toq suzgichlari harakatlanayotgaida tanani boshqarish va muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi. Tanasi kichikroq yoki yapaloq shaklda boʻlgan B. juft suzgich qanotlarini eshkak kabi suvga urishi yoki toʻlqinsimon harakatlanishi tufayli suzadi. B.ning tanasini bukish xususiyati umurtqalar soniga va terisi sirtidagi tangachalar kattakichikligiga bogʻliq. B. umurtqalari 16 tadan (oy baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar baligʻida). Bosh skeleti yaxshi rivojlangan, yuz skeleti til osti yoyi va beshtacha jabra yoyidan tashkil topgan jagʻlardan iborat. Bosh miyasi har xil darajada rivojlangan. Akulalarsa oldingi miya, miyacha va hidlov boʻlimi boʻladi. Suyakli baliqlarning oldingi miyasi kichik, oʻrta miya va miyacha nisbatan yirikroq, ikki xil nafas oluvchilarning miya yarim sharlari rivojlangan, miyachasi esa kichik boʻladi. Bosh miyasidan oʻn juft nervlar chiqadi. Taʼm bilish organlari yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari ichki quloqdan iborat, B. har xil tovushlarni, shu jumladan ultratovush toʻlqinlarini yaxshi eshitadi. Urchish davrida koʻpchilik B. suzgich pufak yordamida tovush chiqarish xususiyatiga ega. Odatda 1 m gacha masofadagi narsalarni ajrata oladi. Lekin koʻzdagi oʻroqsimon oʻsimtaning qisqarishi, koʻz gavharining oʻzgarishi tufayli 12 m gacha uzoqlikdagi narsalarni ajrata olishi mumkin. Suvning chuqur qatlamlarida va gʻor suvlarida yashovchi B.ning koʻzlari yoʻqolib ketgan. B. yon chiziq organlari yordamida yaxshi oriyentatsiya qila oladi. Asosiy nafas olish organlari — jabralari umrbod saqlanadi. Ayrim B.da (polipterus, seratod) jabra
B. tana harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, baʼzan 0,5 — G ortiqroq boʻladi. Serharakat B. tana harorati muhit taʼsirida bir oz koʻtarilishi, mas, tez suzayotgan tunesda tana harorati suvnikidan 10° gacha yuqori boʻlishi mumkin. B. har xil haroratli suvda yashashga moslashgan. Tropik suvlarda yashovchi baliqlar 31" gacha boʻlgan suvlarda, karp tishli baliq Kaliforniyaning 52° li qaynar buloqlarida hayot kechiradi.
|