Andoza:Yaxshi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Update
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
'''[[Isfana]]''' ({{lang-ky| Исфана}}; {{lang-ru|Исфана}}) — [[Qirgʻiziston]]ning [[Botken viloyati]] gʻarbiy chekkasida joylashgan [[shahar]]. Isfana [[Fargʻona vodiysi]]ning gʻarbiy chekkasida, uch tomondan [[Tojikiston]] bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan. Isfana va uning atrofida joylashgan qishloqlar Qirgʻizistonning boshqa shahar-qishloqlaridan uzilib qolgan.
 
„Isfana“ soʻzi „aspanakent“ degan qadimiy soʻzdan kelib chiqqan boʻlib, „otlar makoni“ degan maʼnoni anglatadi deb ishoniladi. Isfanada 16-asrdan beri odamlar yashab keladi. Sovet davrida Isfana oʻz boshidan katta oʻzgarishlarni kechirdi. 1937-yil Isfana qishloq kengashiga asos solindi. 1996-yil kengash qishloq boshqarmasi qilib oʻzgartirildi. 2001-yil oʻsha paytdagi prezident [[Asqar Aqayev]]ning buyrugʻi bilan Isfanaga shahar statusi berildi.
 
Isfana [[Laylak tumani]]ning administrativ markazidir. [[Mirzapochcha]], [[Samat (Laylak tumani)|Samat]], [[Chimgen (Laylak tumani)|Chimgen]], [[Oqbuloq (Laylak tumani)|Oqbuloq]], [[Taylon (Laylak tumani)|Taylon]] va [[Gʻoʻlva (Laylak tumani)|Gʻoʻlva]] qishloqlari ham Isfana shahar boshqarmasiga qaraydi. Isfananing rasmiy veb-sahifasida berilgan maʼlumotga koʻra, Isfana va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi 28,085 kishidir. Shaharning oʻzida boʻlsa taxminan 18,200 kishi istiqomat qiladi. ('''[[Isfana|Davomi...]]''')<noinclude>