Pessimizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
JAnDbot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: sh:Pesimizam
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
Pessimizm tushunchasining falsafaga kirib kelishiga mashhur [[ekzistensializm|ekzistensialist]] [[Arthur Schopenhauer]] ishlari turtki boʻlgan. Schopenhauer'ning pessimizmi [[odam]]ni [[ochlik]], [[jinsiy mayl]] kabi [[instinkt]]lar boshqaradi, inson shu instinktlarini qondirishga harakat qilib oʻlib ketaveradi, hayot tayinli maqsadsiz qolaveradi, qabilidagi fikrlarida namoyon boʻladi.
 
[[Olam]]imiz eng yaxshi ekanligini urgʻulovchi [[din]]iy argumentdan foydalanib falsafiy pessimizm foydasiga Schopenhauer keltirgan mantiqiy taʼkid quyidagichadir:
# Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan olamlar diapazonida joylashgan boʻlsin. Olamimiz shu diapazonning qayerida ekanligini (eng yaxshi, eng yomon, oʻrta va hk.) aniqlash kerak.
# Olam yaxshi-yomonligi unda hayotning yuksak shakllari rivojlana bilishi va yashab qola olishi bilan belgilansin.
# Olamimizda mavjud yuksak hayot shakllari (masalan, [[primat]]lar) rivojlanishi va yashab qolishi oʻta mushkul ishdir. Zero, mavjud sharoitning oz boʻlsa-da yomonlashuvi shu hayot shakllarining butkul yoʻqolib ketishiga bemalol olib kela oladi.
# Demak, bizning olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar diapazoning eng tubida, hayot shakllarini oʻzida asray olmaydigan olamdan atigi bir pogʻona yuqorida ekan.
# Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar ichida '''eng yomonidir'''.
== Mashhur pessimistlar ==
* [[Arthur Schopenhauer]]