Avgustin Avreliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Avgustin Avreliy''', '''Avliyo Avgu-stinAvgustin''' (Augustinus Sanctus) (354, Tagast sh., Shim. Afrika — 430, Gippon sh., Shim.Afrika) — xristian dini ilohiyotchisi, "cherkov otalari"dan, adib, faylasuf. Katolitsizm aqidalarining shakllani-shiga ta’sir ko‘rsatgan. Gippon sh. usku-fi (yepiskopi) martabasiga erishgan. Diniy-falsafiy ruhdagi qator va’z va risolalari saqlanib qolgan. Ular-dan mashhurlari: 1) "Tavba" (400 y.); 2) "Ilohiy shahar haqida" (413-427y.lar; 22 kitobdan iborat). "Ilohiy shahar haqida" asarining yozilishiga Rim impe-riyasi poytaxti gotlar tomonidan bosib olinib, vayron qilinishi turtki bo‘ldi. Asarda bu vayrongarchilik rimliklar asrlar mobaynida o‘zga xalqlarga nisba-tan o‘tkazgan bosqinchilik va zuravonlik siyosati uchun xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida talqin qilinadi. Asar-ning 10 ta kitobi Rim tarixiga, 12 ta kitobi insonlar jamiyati va davlatning mohiyatiga bag‘ishlangan. A. dunyoni ikki saltanatga bo‘ladi: 1) "zamin shahri" — yovuzlik, zo‘ravonlik va shayton saltanati; 2)"ilohiy shahar" — ezgulik va rahmon saltanati. Birinchisi — inson xudbin-ligi asosiga qurilgan va ilohiylikni rad etadi, ikkinchisi — ilohiy mehr asosiga qurilgan bo‘lib, insonning moddiy ehtiyojlardan yuz o‘girishini taqozo qiladi. A. ta’limotiga ko‘ra, "ilohiy shahar" ning yer yuzidagi tim-soli masihiy cherkovidir, unga samoviy cherkovga tayyorgarlik vositasi sifatida qaralmog‘i lozim. A. qadimgi yunon mush-riklik davri qadriyatlarini masihiylik nuqtai nazaridan keskin tanqid qiladi, inson o‘z irodasi b-n ezgulikka erisha 4olmaydi, inson gunohlardan faqat xu-doning inoyati va cherkov tufayli forig‘ bo‘ladi, deb hisoblaydi. A. fikriga ko‘ra, "yagona tangri barcha go‘zallikning haqiqati va eng oliy go‘zalliqdir". A. "e’tiqodsiz bilim ham, haqiqat ham yo‘q", deb hisobladi. A. ta’limoti Yev-ropada deyarli ming yil davomida ilm-fanning cherkovga tobe holda qolishiga muayyan darajada nazariy zamin bo‘ldi va cherkov hokimiyatining qudratli kuchga aylanishiga ko‘maklashdi.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}