Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 8:
D. — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim. dagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga t. y., avtomobil va havo yoʻllari ketgan. D.da 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. D. qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur.
 
D.ning eski qismi — Shohjahonobodda qad. meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari b-n, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 y.larda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. D.ning eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303 y.da qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-a.), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-a. oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 y.da qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 y.dan boshlab) mavjud. D.ning yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda "Hindiston Darvozasi", markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta un-tuniversitet, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.
 
== Adabiyot ==