Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Becharof National Wildlife Refuge,Alaska.jpg|350px|thumb|right]]
'''Togʻ''' - [[Yer]] rel'efining bir shakli.
 
'''Togʻlar''', togʻli oʻlkalar — yer yuzasining tevarakatrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylari. T. turli yoʻnalishda, har xil masofada toʻgʻri chiziq shaklida (Ural, Katta Kavkaz, Kordilyera, Olay, Zarafshon va b.) yoki yoysimon shaklda (Alp, Karpat vab.) choʻzilgan boʻladi. Togʻli oʻlkalar Yer poʻstining burmali va burmalipalaxsali strukturaga ega, balandligi dengiz sathidan bir necha ming m gacha koʻtarilgan va oʻz doirasida balandliklari keskin farq qiluvchi keng (boʻyi minglab, eni yuzlab km ga choʻzilgan) hududlaridir. Togʻli oʻlkalarda togʻ tizmalari, yakkayakka togʻlar, vodiylar, keng soyliklar ham mavjud. Togʻ tizmalari har ikki tomondagi yon bagʻirlari tik boʻlgan, uzunasiga choʻzilgan yirik relyef shakllaridir. T.ning balandligi dengiz sathidan 200 m dan (qirlar, adirlar) boshlab bir necha km ga yetishi mumkin. Mas., Yer sharining eng baland nuqtasi Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi (8848 m). T. yon atrofidagi tekisliklardan togʻ etag i, baʼzan adirlar bilan ajralib turadi. Togʻ etagi T. shaklining turiga qarab har xil koʻrinishda boʻlishi mumkin. T. relyefining tarkibiy qismlari — togʻ zanjirlari, ularning ayrim tarmoqlari — tizmalar, ular orasidagi tektonik choʻkmalar, qad. denudatsion koʻtarilmalar va q.k.dan iborat. Morfologik jihatdan qor chizigʻidan yuqori koʻtarilgan baland yoki alp tipidagi (bal. 3000—5000 m dan ziyod) T. alohida ajralib turadi. Bunday T. relyefi tik, muzlik hosil qilgan relyef shakllari: qirlar, piramidasimon choʻqqilar, oʻtkir qirrali togʻ tepalari, togʻorasimon vodiylardan iborat boʻladi. Bularga Kavkaz, Pomir, Tyanshan, Himolay, Alp, Kordilyera togʻlarini misol qilish mumkin. Alp tipli togʻlardan farqli ravishda, oʻrtacha balandlikdagi (bal. 2000—3000 m) T.ning tepalari yumaloqroq, yon bagʻirlari qiyaroq. Kopetdogʻ, Oʻrta va Shim. Ural, Karpat, Shvarsvald togʻlari oʻrtacha balandlikdagi T. dir. Tashqi omillar, ichki va tashqi kuchlar taʼsirida T. yemirilib, pasaya boradi, choʻkindilar koʻproq toʻplanadi, relyef shakllari silliqlanadi. Balandligi dengiz sathidan 1000 — 2000 m gacha koʻtarilgan boʻlsa past T. deyiladi: Qozogʻiston past togʻlari, ChuIli, Jan. Tojikistondagi T. past togʻlardir. Tabiatda T. toʻla ravishda yemirilmay turib, yana koʻtarila boshlaydi va bunday oʻzgarishlar bir necha marta takrorlanadi.
 
Qator 8 ⟶ 11:
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Togʻlar]]