Xalqaro valyuta jamgʻarmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k Tasvir:IMF_HQ.jpg Tasvir:Headquarters_of_the_International_Monetary_Fund_(Washington,_DC).jpg bilan almashtirildi (Steinsplitter tomonidan; File renamed: not the headquarters of the Internationa...
Qator 15:
}}'''Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi''' (qisqartmasi: '''XVJ'''; [[ingliz tili|ingl.]] ''International Monetary Fund'', ''IMF'') [[xalqaro tashkilot]] boʻlib, [[makroiqtisodiyot|makroiqtisodiy siyosat]] yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni [[liberalizm|liberallashtirish]]<ref>{{cite web|last=Davis |first=Bob |url=http://online.wsj.com/article/SB10001424052748704608104575220652201803546.html?mod=WSJ_latestheadlines |title=IMF's Sweeping Demands Signal Shift - WSJ.com |publisher=Online.wsj.com |date=2010-05-03 |accessdate=2010-05-30}}</ref> shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi.<ref>{{cite book|last=Sullivan|first=Arthur|authorlink=Arthur O' Sullivan|coauthors=Steven M. Sheffrin|title=Economics: Principles in action|publisher=Pearson Prentice Hall|year=2003|location=Upper Saddle River, New Jersey 07458|page=488|url=http://www.pearsonschool.com/index.cfm?locator=PSZ3R9&PMDbSiteId=2781&PMDbSolutionId=6724&PMDbCategoryId=&PMDbProgramId=12881&level=4|isbn=0-13-063085-3}}</ref> Shtab-kvartirasi [[Vashington]] shahrida joylashgan. XVJ'ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi.<ref>http://www.brettonwoodsproject.org/item.shtml?x=320869</ref><ref>http://tech.mit.edu/V120/N46/46chomsky.46n.html</ref>
 
[[Tasvir:IMF HQHeadquarters_of_the_International_Monetary_Fund_(Washington,_DC).jpg|thumb|right|XVJ binosi, Vashington, AQSh]]
'''Xalqaro valyuta fondi''', XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944 y.da BrettonVuds (AKSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (q. [[BrettonVuds bitimi]]). 1947 y. mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish. XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga karz beradi. XVF kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi.