Rossiya bayrogʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Wikify
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
Rossiyada XVII asrga qadar davlat bayrogʻi boʻlmagan. Bayroq podshoh Aleksey Mixaylovich (1629-1676 yillar) davrida rus floti tashkil topishi bilan bogʻliq paydo boʻlgan. Podishoh '''buyrugʻiga asosan 1668 yili golland injeneri David Butler birinchi rus harbiy kemasi „Oryol“ ni qurgan. Lekin gʻarbdagi anʼanaga koʻra, kemada davlat bayrogʻi oʻrnatilishi lozim edi. Aleysey Mixaylovich bu masalani hal etish uchun, injenerdan Gollandiya bayrogʻi haqida soʻraydi. Butler Niderlandiyaning bayrogʻi 1630 yildan beri uch xil rangda, yaʼni bayroqning yuqori qismi qizil, oʻrtasi oq va tag qismi moviy ekanini aytadi. Rossiya bayrogʻi ham uch xil rangda tikiladi. Faqat bu erda bayroqning yuqori qismini oq, soʻng moviy va qizil ranglar egallaydi.
Pyotr I (1672 — 1725 yillar) otasining anʼanasini davom ettiradi va kemalar „Moskva podshohi bayrogʻi“ ostida suzadilar. Bu hol oʻttiz yil davom etadi. 1712 yili harbiy kemalarga Andrey Pervozvanniy bayrogʻini tiklash haqida farmoyish chiqadi. Oq — moviy — qizil rangdagi bayroq ostida faqat fuqaro kemalari suzadilar.
Pyotr davrida oq rang — erkinlikni, moviy- Bogoroditsa (Bibi Mariyam), qizil rang esa rus hokimiyatining kuch- quvvati anglatgan. Lekin bayroq rasman tan olinmagan va XIX asrning oʻrtasiga kelib bu masala imperator Aleksandr II (1818-1881yillar) tomonidan hal etilgan.