Ostona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarixi: Evropa boshqa tarafda, Ostona sibir tarafda urnalashgan
Qator 63:
 
== Tarixi ==
Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada [[1960-yil]]dan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg , P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), "Ishim" mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona [[1830-yil]]da Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan. Ostona [[Toshkent]] va [[Buxoro]]dan [[Rossiya]]ning [[Yevropa]] qismiga boruvchi karvonlarning toʻxtash manzili va oʻsha atrofning savdo markazi boʻlgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
=== Nomi ===
Shaharning nomi [[1961-yil]]gacha Akmolinsk, [[1992-yil]]gacha Selinograd, [[1998-yil]]gacha Oqmola boʻlgan. Ostona shahri [[1997-yil]]dan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olma-ota ([[Almati]]) shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.