Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 18 × [[]]; + Turkum:Daryolar, - {{no iwiki}}
Qator 1:
'''Dajla''' — [[Turkiya]] va Irokdagi[[Iroq|Irok]]dagi [[daryo]], qisman [[Suriya]] hududidan oʻtadi. Uz. 1850 km, havzasining mayd. 375 ming km2km². Turkiyaning jan.sharqidagi togʻlardan boshlanadi. Al-Qurn sh. yaqinida [[Furot]] daryosi bilan qoʻshilgach, [[Shatt ul-arab|Shatt ul-Arab]] deb ataladi va [[Fors qoʻltigʻigaqoʻltigʻi]]ga quyiladi. Eng yirik irmoqlari: [[Katta Zab]], [[Kichik Zab]] va [[Diala]]. Yuqori oqimi, asosan togʻlar orasidan, oʻrta va quyi oqimi [[Mesopotamiya]] tekisligidan oʻtadi. Qishda Mesopotamiyaga yoqqan yomgʻirdan, bahorda togʻlardagi qor va muzlarning erishidan toshadi. Oʻrtacha suv sarfi [[Bagʻdod]] sh. yaqinida 1240 m3/sek, maksimal suv sarfi 10000 m3/sek, minimal suv sarfi 150 m3/sek. Yogʻin kam yogʻishi, bugʻlanish va sugʻorishga sarflanishi natijasida quyi oqimida suvi ancha kamayib ketadi. Daryo koʻplab loyqa, qum, shagʻal oqizib keladi. Quyilish joyidan Bagʻdod sh.gacha (suv koʻpayganda [[Mosul]] sh.gacha) kema qatnaydi. D.ning Bagʻdod sh.dan jan.dagi vodiysida joylashgan bir necha yirik koʻl uning suvini bir meʼyorda oqishini taʼminlaydi. D. sohillarida [[Diyorbakir]] (Turkiya), Mosul, Bagʻdod (Iroq) sh.lari joylashgan. Suv ombori bor. D. va Furot daryolari oraligʻi qad. sivilizatsiya markazlaridan boʻlgan (u yerda mil. av. [[Bobil]], [[Ossuriya]], [[Shumer]] va [[Akkad]] kabi yirik davlatlar joylashgan edi).
 
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Daryolar]]