Hisor vodiysi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 16 × [[]]; + Turkum:Tojikiston; - {{no iwiki}}, {{stub}}→{{geo-stub}}
Qator 1:
'''Hisor vodiysi''' - [[Tojikiston]] Respublikasining gʻarbidagi togʻlararo [[botiq]]. [[Hisor tizmasiningtizmasi]]ning jan. chek-kasi va [[Bobotogʻ]] bilan Qoratogʻning[[Qoratogʻ]]ning shim. chekkalari orasida. Uz. 115 km. Eng keng joyi 20 km. Bal. 700—1000 m. Jan. dan Afgʻon — Tojikiston botigʻidan deyarli meridian yoʻnalish boʻylab choʻzilgan tizmalar bilan oʻralgan. Yer yuzasi vodiydan oqib oʻtuvchi [[Kofarnihon]], [[Varzob]], [[Dushanbadaryo|Dushanba]], Xonaka, Iloq va b. daryo terrasalari va yoyilma konuslaridan iborat. Vodiy tektonik botiqda joylashgan boʻlib, mezokaynozoy davri choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. H.v. atrofi togʻlar bilan oʻralganligi sababli iklimi ancha yumshoq. Yozi issiq va quruq. qishi qisqa va iliq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —0,7°, G, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 500—600 mm. Vodiyda, asosan, toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan; [[choʻl]], [[chala choʻl zonalari|chalachoʻl]] va [[dasht]] oʻsimliklari, daryo boʻylarida turli daraxtlar oʻsadi. H.v. hududi deyarli oʻzlashtirilgan va bu yerda madaniy lan-dshaftlar keng tarqalgan. Daryolarning quyi qismlaridagi botqoqli toʻqayzorlar ham quritilib, ekinzorlargʻa aylantirilgan. Vodiy yer resurslaridan unumli foydalanish maqsadida [[Katta hisor kanali|Katta Hisor kanali]] qurilgan. [[Paxta]], [[kunjut]], galla, [[poliz ekinlari]] yetishtiriladi, mevali bogʻlar barpo qilingan, togʻ yon bagʻirlarining 1200—2000 m balandliklari subtro-pik dashtlardan iborat. Butazorlar, daraxtzorlar bor. Oʻzlashtirilgan yerlarida gʻalla ekinlari ekiladi, mevali daraxtlar oʻstiriladi, undan balandda subalp va alp oʻtloqlari uch-raydi. H.v.da Tojikiston Respublikasi poytaxti — [[Dushanbe|Dushanba]], shuningdek, [[Tursunzoda (shahar)|Tursunzoda]], Vaxdat (sobiq Orjonikidze) sh.lari joylashgan.
 
{{geo-stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Tojikiston]]