Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Chustiy (munozara | hissa)
O'zME dan olingan materialni qoldirib, betaraf bo'lmagan ohangda yozilgan mattni o'chirdim
Qator 1:
{{Islom}}
'''Muhammad''', Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda M.ning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, M. nomini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (sav) yoki "alayhissalom" (as) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. M. orqali odamlarga Kurʼon nozil qilingan. Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. M.ning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. M. goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. M.ni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida M. bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib M.ni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan M. Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. M. 25 yoshida (595 y.) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. M.dan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ugʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina M. naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng M. bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.
 
Qator 13 ⟶ 14:
 
Abdulaziz Mansur.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Manbalar ==
 
{{Islommanbalar}}
{{Manba Yo'q}}
{{betaraflik}}
{{wikify}}
'''Muhammad ibn Abdulloh'''([[arabcha]] '''محمد'''; [[Makka]] — [[632]], [[Madina]]) [[Islom]] dining asoschisidir. [[Musulmon]]lar tomonidan oxirgi [[payg'ambar]] va [[Alloh]] tomonidan [[vahiy]] orqali joʻnatilgan kitob [[Qur'on]]ni odamlarga yetkazgan shaxs sifatida koʻriladi.
== Ulugʻ Nasab ==
 
Insonlarning orasida boʻlishlik bilan sharaflantirgan Sayyidul Akrom Muhammad ibni Abdulloh. Otasi Abdulloh, onasi [[Omina]] edi. Omina [[Quraysh]] qabilasi Zuhra jamoasiga mansub Vahibning qizi; Abdullohning otasi Abdulmuttalib Quraysh qabilasining moʻtabar oqsoqollaridan boʻlib, qabiladoshlarining boshiga mushkul ish tushganda yoʻl-yoʻriq koʻrsatar, katta ishlarda odamlar hamisha uni orqasidan borishar edi. Onasi Fotima Maxzum jamoasiga mansub Umarning qizi edi.
 
Abdulmuttalibning otasi Hoshim, onasi Salmo boʻlib, u Hazraj qabilasi, Najjor jamoasiga mansub Amrning qizi edi; Hoshimning otasi Abdumanaf, onasi esa Otika edi. Otika Salmiy jamoasiga mansub Murraning qizi edi. Abdumanafning otasi Qusay, onasi Hubba boʻlib, u Huzoa jamoasiga mansub Hulaylning qizi edi. Johiliyat davrida Baytulloh hizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan taʼminlash, quraysh qabilasining maslahat yigʻinlarini ochish Qusayning qoʻlida edi. Bunday yigʻinlar uning uyida oʻtkazilar, janglarda tugʻ koʻtarish huquqi ham uning ixtiyorida edi. Qusay jon berish chogʻida bu vazifalarni oʻgʻli Abduddorga topshirdi. Lekin Abdumanafning avlodi amakisi Abduddorning bunday faxrli lavozimni egallashiga norozilik bildirishdi.
 
Ular oʻrtasidagi kelishmovchilik katta mojaroga aylanish xavfi tugʻilganda ikki tomonning oqil kishilari kengashib, Abdumanaf avlodiga Baytulloh ziyoratiga keluvchilarni zamzam suvi hamda ovqat bilan taʼminlash huquqini berdi. Bu ishga shariat ham ruxsat berdi. Bu vazifa hanuzgacha shu avlodning ilkida. Tugʻ qadash Abduddorning bir avlodidan ikkinchisiga oʻtaverdi. Faqat Islom dini dunyoga kelgach, bu vazifa xalifa ixtiyoriga oʻtib, hukmdor oʻzi munosib koʻrgan kishini tayin etadigan boʻldi. Maslahat kengashlari va farmon chiqarish huquqi ham xalifaga berildi.
 
Qusayning otasi Kilob, onasi Fotima yamanlik Azdushanua qabilasidan boʻlmish Saʼdning qizi edi. Kilobning otasi Murra, onasi Xind edi. Xind esa Fixr ibn Molik: jamoasiga mansub Sarirning qizi edi. Murraning otasi Kaʼb, onasi Vaxshiya Fixr jamoasidan boʻlmish Shaygbonning qizi edi. Koibning otasi Luay, onasi Moriya Quzoa qabilasiga mansub Kaʼbning qizi edi. Luayning otasi Gʻolib, onasi Xuzao jamoasiga mansub Amrning qizi Salmo edi. Gʻolibning otasi Fixr, onasi Xuzayl qabilasidan boʻlmish Saʼdning qizi Laylo edi. Koʻpgina rivoyatlarda Fixr Qurayshning oʻzi, qurayshlar fixrning avlodi dyeyiladi. Quraysh qabilasi oʻn ikki jamoadan iborat: Abdumanaf jamoasi, Abduddor ibn Qusay jamoasi, Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay jamoasi, Zuxra ibn Kilob jamoasi, Maxzum ibn Yakiza ibn Murra jamoasi, Taym ibn Murra jamoasi, Adiy ibn Kaʼb jamoasi, Saxm ibn Xusais ibn Amr ibn Kaʼb jamoasi, Omir ibn Luay jamoasi, Taym ibn Gʻolib jamoasi, Xoris ibn Fixr jamoasi, Muxarib ibn Fixr jamoasi.
 
Ulardan Makkada oʻtroqlashganlari soy qurayshlari, shaxar atrofiga joylashganlari esa sirtdagi qurayshlar dyeyiladi. Fixrning otasi Molik, onasi jurxumlik Xarsning qizi Jandala edi; Molikning otasi Nazr onasi Qays Aylonga mansub Advonning qizi Otika edi; Nazrning otasi Kinona, onasi Murr ibn Odning qizi Barra edi; Kinonaning otasi Xuzayma, onasi Qays Aylonga mansub Saʼdning qizi Avona edi; Xuzaymaning otasi Mudrika, onasi kuzoalik Aslamning qizi Salmo edi; Mudrikaning otasi Ilyos, onasi sharaf va obroʻda zarbulmasal bulgan Xindaf edi; Ilyosning otasi Muzar onasi Rabob Junda ibn Maʼdning qizi edi; Muzarning otasi Nizor, onasi Savda Akning qizi edi; Nizorning otasi Maʼd, onasi Muona jurxumlik Javshamning qizi edi, Maʼdning otasi esa Adnon edi.
 
Muhammad alayhis-salomning nasl-nasabi haqida; tadqiqotchi olimlar va muhaddislar shunday yakdil fikrga kelishgan, shuningdek ular Adnonning ajdodlarini sanash durust emas, deb hisoblashadi… Qisqasi, paygʻambar alayhis-salomning nasl-nasabi Ibrohim alayhis-salomning arablashib ketgan oʻgʻli Ismoil alayhissalomga borib tutashadi. Bundan koʻrinadiki, Rasulullohning ajdodlari pok, mo’tabar va nufuzli kishilar boʻlgan. Paygʻambar boʻlishning eng zarur shartlaridan biri nasl-nasabning toza bo'lishligidir. Alloh taoloRasulullohning ajdodlarini johiliyat davridagi nopok ishlardan, buzuqliklardan, razolatdan o'z hifzu himoyasiga olib asragan.
 
== Abdullohning Ominaga uylanishi ==
 
Abdulloh Abdulmuttalibning eng suyukli bolasi edi. U oʻn sakkiz yoshga kirganda otasi unga Vahobning qizi Ominani olib berdi. Vahob Abdumonofning oʻgʻli, Abdumonof Zuhraning oʻgʻli, Zuhra esa Kilobning oʻgʻli edi. Omina quraysh ayollari orasida nasl-nasab jihatdan eng zoti poklardan hisoblanardi. U Abdullohga turmushga chiqqach, paygʻambar alayhis salomga homilador boʻldi. Gumona endigina ikki oyga toʻlganda Abdulloh vafot etdi.
 
Adiy ibn Najjor avlodidan boʻlmish togalari uni Madinaga dafn etdilar. Abdulloh Shom (Suriya)ga, savdo-sotiq bilan borib kelayotganida Madina shahrida qazo qildi. Ominaning oy kuni yetib, goʻzal axloq, ilm-maʼrifat va pokiza eʼtikod bilan olamni munavvar etguvchi chaqaloq tugʻildi. Misrlik munajjim Mahmud Posho Muhammad alayhissalom rabiul avval (hijriyning uchinchi oyi)ning toʻqqizinchi kuni dushanba ertalab tugʻilganini, bu quvonchli hodisa melodiy 571-yil toʻrtinchi oyning 21-kuniga, yaʼni fil voqeasining birinchi yiliga toʻgʻri kelishini aniqlagan.
 
Muhammad sallollohi alayhi vasallam Bani Hoshim koʻchasidagi Abutolib xonadonida dunyoga keldi, Abduraxmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qildi. Bu xushxabarni eshitgan Abdulmuttolib chaqaloqqa Muhammad deya ism quydi. Ilgari arablarda bunday ot quyish rasm boʻulmagan edi. Avvalgi paygʻambarlarga nozil qilingan deb hisoblanuvchi [[Tavrot]], [[Injil]] kabi kitoblarda bu ism zikr etilgan, [[Alloh]] oʻusha kitoblar zikr qilingan narsani amalga oshirishni iroda kilib, Muhammadning ismini buvasining koʻungliga solgan.{{fact}} <!-- lol wut? --> Muhammadning enagasi Abdullohning choʻurisi habash Ummu Ayman Baraka, ilk daf’a emizgan ayol esa amakisi Abulaxabning choʻurisi Suvayba edi.
 
== Emizish ==
 
Bola sogʻlom va ziyrak boʻlib oʻsishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut ona topib emizish odati bor edi. Ular shaharda oʻsgan bola boʻshang, anqovroq boʻladi, deb hisoblashardi. Kunlarning birida Saʼd ibn Bakri qabilasidan bir guruh ayol emizadigan bola izlab shaharga keladi. Muhammad alayhis-salomga sut ona boʻlish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abukabsha edi. Quraysh xalqi paygʻambar alayhis-salomni masxaralab kulganda u kishini Abukabshaga mansub qilib, bu Abukabshaning oʻgli nuqul osmondan gapiradi, dyeyishardi. Rasulullohni toʻrt yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yogʻilib turdi.
 
== Rasulullohning ko`kragi yorilishi ==
Payg‘ambar alayhis-salom Halimaning tarbiyasida yurgan vaqtlarida inson aqliga sig‘maydigan g‘oyat sirli hodisa yuz beradi. Rasulullohning ko‘kraklari yorilib, qora nuqta - shayton vasvasasi olib tashlanadi. Bu voqeadan qo‘rqib ketgan Halima u kishini onalariga eltib topshiradi va ularning esxonasini chiqarib yuborgan hodisani shunday bayon etadi: "Bolalar bilan uyimizning orqasida o‘ynab yurishgan edi, to‘satdan o‘g‘lim yugurib kirib, Qurayshlik ukamni oq kiyimli ikki kishi ushlab olib yerga yotqizishdi, keyin qornini yorib, qamchi dastasi bilan ichini titkilashyapti, dedi. Otasi ikkalamiz chiqib qarasak, uning rangida rang yo‘q.
Bag‘rimizga bosib:
"Nima bo‘ldi, o‘g‘lim?"
- deb so‘radik.
U:"Oq kiyimli ikki kishi keldi-da, biri meni ko‘rsatib: "Shumi?" - dedi.
Unisi bosh irg‘ab tasdiqladi. Keyin ikkovlashib yerga yotqizishdi. Ko‘kragimni yorib, titkilab-titkilab bir nimani olib tashlashdi. Nimani olib tashlashganini bilmayman", - dedi.
Shu kundan e'tiboran payg‘ambar alayhis-salom insonni yo‘ldan ozdiradigan shaytoniy hoyu-havaslardan xalos bo‘ldilar.
 
== Rasulullohning Omina vafotidan keyin Abdulmuttalibni qo‘lida, u kishining vafotidan keyin Abutolibning ilkida qolishlari ==
 
Onasi o‘glini Halimadan qaytarib olgach, Adi ibn Najjor avlodiga mansub erining tog‘alarini yo‘qlab Madinaga yo‘l oldi. Ziyoratdan qaytib kelayotganda Makka bilan Madina oralig‘idagi Abvo degan kentda (shaxarda) to‘satdan (birdan, nogaxon) vafot etdi. Rasulullohni buvalari Abdulmuttalib o‘z tarbiyasiga oldi, Ummu Ayman parvarish qildi. Abdulmuttalib nevarasini haddan tashqari yaxshi ko‘rar, uni istiqboliga, kelajakda ulug‘ odam bo‘lishiga umid bog‘lagani uchun yer-ko‘kka ishonmas edi. Payg‘ambar alayhis-salom sakkiz yoshga kirganlarida buvalari olamdan o‘tdi. Yetim bolani amakilari Abutolib o‘z qaramogiga oldi va chinakam otalik mexri bilan suyib,homiylik qildi. U qo‘l uchida kun kechiradigan kambag‘al odam edi.
 
Shundan keyim Alloh u kishining arzimas mol-dunyosiga baraka berdi. Amakilarini qaramog‘ida yurgan paytlarida payg‘ambar alayhis-salom sabr-qanoati, odatda yosh bolalar berilib o‘yniydigan ma'nosiz o‘yinlarga ragʻbati yo‘qligi bilan aloxida ajralib turardilar. Enagalari Ummu Aymanning rivoyat qilishicha, ovqat mahali boshqa bolalar talashib-tortishib yeyishsa ham, rasululloh odob saqlar, tekkan ulushiga qanoat qilar ekanlar.
 
== Rasulullohning Shomga qilgan ilk safarlari ==
 
Paygʻambar alayhis-salom oʻn ikki yoshga kirganlarida amakilari Shomga safarga otlandi. Eng yaqin kishisidan ayrilish Rasulullohga kattik taʼsir qilib, maʼyuslanib kolgandilar. Bundan yuragi ezilgan Abutolib bolani birga olib ketishga jazm etdi. Ular Shomda uzoq turishmadi. Orqaga qaytishayotganda Suriya bilan Arabiston sarxadida joylashgan Busro kentiga qoʻnib, yahudiylarning ulamolaridan biri rohib Baxoyro bilan uchrashishdi. Baxoyro yahudiylarning muqaddas kitobida zikr etilgan, shu zamonda arablar orasidan chiqadigan paygʻambar haqida soʻrab-surishtirdi. Karvondagilar bir ovozdan hali unday zot dunyoga kyelmaganini aytishdi.
 
Yahudiy va nasorolar Muhammad alayhis-salomning dunyoga kyelishlarini, arablardan paygʻambar yetishib chiqishi mumkinligini jon-jahdlari bilan rad etishardi. «Ular avval eʼtirof qilgan paygʻambar dunyoga kyelganda uni inkor etishdi. Alloh kofirlarni rahmatidan darigʻ tutadi» (Baqara surasi, 89-oyatning bir qismi).
 
[[Turkum:Islom]]
[[Turkum:Paygʻambarlar]]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}