Hot-dog: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maelba (munozara | hissa)
"thumb|300px|Har xil qoʻshimchali hot-doglar 250px|rightФайл:Long hot dog in bun.jpg|250px|..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Yanvar 2015, 12:36 dagi koʻrinishi

250px|right|Ketchupli hot-dog

Har xil qoʻshimchali hot-doglar

Hot dog ((inglizcha: hot dog — soʻzma-soʻz tarjimasi "issiq it") - maxsus yumshoq non orasiga kolbasa, yoki sosiska qoʻyilgan, qaylali (koʻpincha ketchup), tezpishar taom turi. Shuningdek hot-dogga pishloq, qovurilgan goʻsht, koʻkatlar qoʻshilishi mumkin. Ushbu taomning juda koʻp turlari mavjud. Odatda hot-dog yeyayotgan kishi hech qanday idish ishlatmaydi.

Tarixi

XIX asr oxirida yashagan frankfurtlik qassob "Dachshund kolbasasi" nomli kolbasa tayyorlagan boʻlib, "Dachshund" soʻzi nemischadan tarjima qilinganda it zoti hisoblanadigan "taksa" maʼnosini bildiradi. Nemis emigranti AQShga ushbu kolbasa turini oʼzi bilan olib borgan. 1871-yildan boshlab, u non boʼlaklariga oʻralgan kolbasa sota boshlagan. Bir yilning oʻzida 3684 dona shunday kolbasa mahsulotini sotishga ulgurgan. Ushbu mahsulot oddiy xalq orasida mashhur boʻlib ketgan. 1901 - yildan esa boshqa sotuvchilar oddiy non oʻrniga uzunchoq shakldagi yumshoq nonga oʻrab sota boshlashgan. Nemischa "Dachshund" soʻzini AQShlik reklama xodimi Dargan "hot-dog"ga oʻzgartirgach va keng ommaga taqdim etgan. 1987-yilda Frankfurtda hot-dogning 100 yilligi nishonlangan.

Qiziqarli faktlar

  • 18 iyul kuni AQShda 1957-yildan buyon rasmiy "Hot-dog kuni" bayrami oʻtkaziladi.
  • Har bir AQSh fuqarosi yiliga oʻrtacha 60 dona hot-dog tanovvul qiladi.