Mongollar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 7:
Xitoy manbalarining guvoxligiga qaraganda, M. nilun-moʻgʻul (sof moʻgʻul) va hamuxe-moʻgʻul (omuxta, yaʼni aralashgan moʻgʻul) kabi 2 toifaga boʻlinadi. 1toifaga dastlab 30 kabila kirgan. Bular ichida koʻk koʻzliklar koʻp uchrab turgan. Chingizxonning otasi Yasugay bahodir (Asugaybatur) tobe boʻlgan avlod ham koʻk koʻz boʻlgan. Shu bois u xitoy manbalarida "lanyan chiyati" (koʻkkoʻz chiyat) deb nomlangan. Bular tarkibiga kirgan qabilalarning eng yiriklari tatar (dadan — aluxay, dutaut, alchi va chagan kabi yirik qabilalardan tashkil topgan ittifoq), qiyot (kele), nayman, jaloyir, merkit (meerchiti, vuduyivuti, melichi, meliji) va b. boʻlgan.
 
12-a.ning 1-choragida tatar va b. Chingizxon boshchiligida oʻzlarining gʻarbidagi va jan.dagi qoʻshinlarini [kidonlar, qipchoqlar, uygʻurlar, naymanlar, keraitlar, merkitlar (marqitlar) va tangutlar] boʻysundirib, yirik davlatni barpo etganlar. Moʻgʻul elati shu davrda shakllangan. Shu sababli M. nomi 13-a.dan boshlab Chingizxonga tarafdor va tobe barcha kabila va elatlarning umumiy nomiga aylangan.
 
dan boshlab Chingizxonga tarafdor va tobe barcha kabila va elatlarning umumiy nomiga aylangan.
 
13— 14-a.lar koʻchmanchilikka asoslangan moʻgʻul saltanatining gullagan davri hisoblanadi. Ayni zamonda M. xalq sifatida shakllangan. 15-a. boshlarida maʼlum siyosiy voqealarga koʻra, M.ning gʻarbiy qismi (4 katta qabiladan iborat boʻlgan oyrotlar, derben oyrot) ajralib chiqib, 1635 y.da oʻz davlati — Jungʻor xonligi (1635— 1758) ni tashkil etgan va Markaziy Osiyodagi yirik kuchga aylangan. 16-a. oʻrtalarida esa sharqiy M. shim. (xalxaliklar) va jan. (uzumchinlar, ordoslar) kabi qismlarga boʻlinib ketgan.