Nayman: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 7:
N. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Boshqirdiston, Tatariston va Moʻgʻuliston hududlarida ham yashaganlar.
 
N.larning kelib chiqishi munozarali. Bir guruh olimlar (I.N.Berezin, V.V.Bartold, B.Ya.Vladimirsov va b.) N.ning etnogenezini moʻgʻullar bilan bogʻlaydilar. Ular "nayman" soʻzining etimologiyasini (moʻgʻulcha "sakkiz", "sakkiz qabila") oʻz fikrlariga dalil qilib koʻrsatadilar. Ikkinchi bir guruh esa (N. A. Aristov, X.Xovorst, S.A. Amanjolov va b.) esa N.ni turk deb hisoblaydilar. Qad. Sharq qoʻlyozmalarida hamda Urxun yozuvlarida "sakkiz oʻgʻuz" qabilasi ittifoqi tilga olinadi. Ular yashagan yerlarni 10-a. oʻrtalarida kidanlar ishgʻol etganlar. Sakkiz oʻgʻuzlar kidanlar tomonidan tobe etiladi, kidanlar ularni N. deb atay boshlaganlar. Demak, N. aslida turkiy xalqlardan boʻlganlar. N. 8-a. oʻrtalarida Baykal koʻlining jan.da yashaganlar. 9-a. oʻrtalarida ular Urxun daryosining yuqori qismidan to Tarim va Qora Irtishgacha boʻlgan yerlarni egallaydilar. Keyinchalik N. egallab turgan yerlarning chegarasi Xonboy va Oltoy togʻlarigacha yetgan. Ular sharqsa, kerayitlar, shim.da qirgʻizlar, gʻarbda qangʻlilar, jan.da esa uygʻurlar bilan chegaradosh boʻlganlar. 12-a.ning oʻrtalarida N. kuchayib, Markaziy Osiyoda oʻz hukmronliklarini oʻrnatdilar. N. davlati 13-a. boshigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar mavjud boʻlgan. N.larning oxirgi xoni — Tayanxonning poytaxti Jarshiznaur degan (Qoraqurumga yaqin) joyda joylashgan.
 
da yashaganlar. 9-a. oʻrtalarida ular Urxun daryosining yuqori qismidan to Tarim va Qora Irtishgacha boʻlgan yerlarni egallaydilar. Keyinchalik N. egallab turgan yerlarning chegarasi Xonboy va Oltoy togʻlarigacha yetgan. Ular sharqsa, kerayitlar, shim.da qirgʻizlar, gʻarbda qangʻlilar, jan.da esa uygʻurlar bilan chegaradosh boʻlganlar. 12-a.ning oʻrtalarida N. kuchayib, Markaziy Osiyoda oʻz hukmronliklarini oʻrnatdilar. N. davlati 13-a. boshigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar mavjud boʻlgan. N.larning oxirgi xoni — Tayanxonning poytaxti Jarshiznaur degan (Qoraqurumga yaqin) joyda joylashgan.
 
1204 y.da N.ning katta bir qismi moʻgʻullarga tobe boʻladi. Moʻgʻullarga itoat etmagan N. esa Balxash koʻlining gʻarbidagi choʻllarda, jan.da Olakoʻl boʻylarigacha boʻlgan yerlarda, Sirdaryo boʻylarida, Ulugʻtogʻ hamda Ishim daryosi boʻylarida yashaganlar. Sirdaryo boʻylaridagi N.ning katta qismi keyinchalik Xorazmga va Movarounnahrga koʻchib kelib oʻrnashganlar. Ular asta-sekin oʻtroqlashib, yerlik xalqlarga aralashib ketganlar.
 
Qozogʻiston choʻllarida koʻchib yurgan N.ning bir qismi Shayboniyxoniing Movarounnahrga qilgan yurishlarida faol qatnashgan. 15-a.ning oxiri — 16-a.ning boshlarida ular hozirgi Oʻzbekiston hududlariga koʻchib oʻrnashgan. N.ning Dashti Qipchoqda qolgan kismi esa qozoq, qoraqalpoq va noʻgʻoylar tarkibiga kirgan. N.ning deyarli koʻpchiligi 13-a. boshlarigacha xristian dinida boʻlgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar taʼsirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo N. eʼtiqodida ibtidoiy dinlarning , xususan shamanizm qoldiklari kuchli boʻlgan. 13— 14-a.lar davomida N.lar islomdi-nini qabul qilganlar.
 
ning boshlarida ular hozirgi Oʻzbekiston hududlariga koʻchib oʻrnashgan. N.ning Dashti Qipchoqda qolgan kismi esa qozoq, qoraqalpoq va noʻgʻoylar tarkibiga kirgan. N.ning deyarli koʻpchiligi 13-a. boshlarigacha xristian dinida boʻlgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar taʼsirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo N. eʼtiqodida ibtidoiy dinlarning , xususan shamanizm qoldiklari kuchli boʻlgan. 13— 14-a.lar davomida N.lar islomdi-nini qabul qilganlar.
 
Oʻzbek N.ning koʻpchilik qismi Zarafshon vodiysida (Pastdargʻom va Narpay tumanlarida) oʻtroq holda yashab, koʻpincha dehqonchilik bilan mashgʻul edi. Ular tomli (paxsa, choʻpkori) uylarda yashaganlar. Oʻtroq N.ning boylari chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Jom choʻli, Oʻrtachoʻl, Zirabuloq togʻida yashovchi N.ning asosiy mashgʻuloti chorvachilik hisoblangan. Bular koʻpincha qorakoʻl qoʻylari, togʻ va togʻ bagʻirlarida yashaganlari esa jaydari qoʻylar, qoramol, tuya va ot saklaganlar. Chorvador N. oʻtovlarda yashaganlar. 19-a.ning oxiri — 20-a.ning boshlarida oʻzbek N. ham boshqa qabilalar kabi oʻtroq oʻzbeklar tarkibiga singib, mazkur xalqning shakllanishida faol qatnashganlar.