Chust tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tuzatdim, Grammatikani tuzatdim, Havola(lar) qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
k Азамжон tahrirlari S.Abdukakharov versiyasiga qaytarildi
Qator 62:
}}
 
'''Chust tumani''' — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Sharqsan Toʻraqoʻrgʻon, shim.sharkdan Kosonsoy, jan. va gʻarbdan Pop, jan.sharqdan Mingbuloq tumanlari, shim.dan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,92 ming km². Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaxar (ChustChuyet), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Axcha, Boymoq, Varziq, Karkidon, Karnon, Olmos, Ogʻasaroy, Shoyon, Shoʻrkent, Gʻova, Hisorak) bor. Markazi — Chust sh.
 
Tabiati. Tuman hududi Chatqol togʻlarining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Koʻp qismi adir. Bal. 1000–1200 m. Togʻlardan oqib tushadigan soylar (Gʻovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va b.) jarliklar hosil qilgan. Jan. qismi Sirdaryoga tutash boʻlib, tekislikdan iborat. 1947 y.da ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58 km masofaga — Olmos qishlogʻigacha olib boradi. 1973 y.da suv taqsimlaydigan Gʻovasoy gidrouzeli qurildi. Koʻksaraksoy suv ombori va Chust nasos styasi bor. Ikdimi kontinental. Yillik oʻrtacha tra 1G. Yanv. ning oʻrtacha trasi —1,3°, eng past tra —26°. Iyulning oʻrtacha trasi 25,8°, eng yuqori tra 40°. Yiliga 305 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproklari tekisliklarda boʻz tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qrplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, doʻlana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 216,2 kishi. Qishloq aholisi 135,1 ming kishi, shahar aholisi 63,8 ming kishi.Chust shahrida O'zbekiston xalq shoirlari Nabixon Chustiy, Muhammad Sharif Sufizoda hamda milliarder Alisher Usmonov tavallud topganlar!
 
Xoʻjaligi. Tumanda "Chustmash", "Paxta tolasi", "Barion" aksiyadorlik jamiyatlari, milliy pichoqlar yasash, "Suvmash" korxonalari, q.x. mashinalari uchun ehtiyot qismlar i.ch., asfalt zdlari (Olmos qishlogʻi), badiiy buyumlar, qandolat, tikuvchilik, atlas korxonalari, non, sut zdlari, savdo korxonalari bor. Chust pichoqlari jahon koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Chust doʻppilari 1968 y.da NyuDexdi, 1969 y.da Monreal, 1970 y.da Tokio va Poznan sh.laridagi jahon koʻrgazmalarida yuqori baholandi.