Abdulloh ibn Abbos: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
birlashtirildi: Abdulloh ibni Abbos
Noensiklopedik, ko'chirilgan, betaraf bo'lmagan matnni o'chirdim
Qator 1:
'''Abdulloh Ibn Abbos''' (619 y., hozirgi Saudiya Arabistonidagi ashshib — 686, atToif, oʻsha yerda) — islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad (sav)ning amakivachchasi. musulmon rivoyatlariga koʻra, A. ibn A.Rasululloh va sahobalarning qilgan ishlari, aytgan soʻzlari haqidagi hikoyalarni toʻplash (hadislar) maq-sadidagi gʻoyani ilk bor ilgari surgan. A. ibn A. nihoyatda ilmli boʻlganligi tufayli „Xabr al-umma“ („Jamoa donishmandi“) laqabiga sazovor boʻlgan. A. ibn A. Qurʼonni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar boʻyicha uning oʻzi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad(sav)ning gʻazotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur boʻlgan.
 
{{OʻzME}}
 
{{betaraflik}}
[[Muhammad]] (sav)ning amakivachchalari. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilimlarning olimidir. Sahobai kiromning mashhurlaridan. Hijrattan oldin Makkada tavallud topganlar. 68 yili Toifda vafot etganlar.
 
Abulloh Ibn Abbos r.anhu tavallud topganlarida otalari u zotni Rosul Akramning oldilariga olib bordilar. Paygʻambarimiz S.A.V tupruklarini uzotning tomoqlariga surkadilar hamda Abdulloh Ibn Abbosning haqlariga duo qiladilar. Holalari Maymuna binti Horis r.anho Rosul Akramning zavjalari boʻlganligi bois Rosul Akramning uylariga tez tez kelib turganlar. Baʼzan kechalari ham oʻsha yerda qolganlar. Tahorat olishni va namoz oʻqishni Rosul Akramning oʻzlaridan oʻrganganlar.
 
Makkaning fathidan keyin Madinaga hijrat qilganlar. Oʻsha vaqtda 11-12 yoshlarda edilar. Rosul Akram zamonlaridan Qur’oni Karimning bir qismini yodlagan edilar. Rosul Akram vafot etganlarida 13-15 yoshlarda edilar. Bundan keyin Qur’oni karimni toʻla yodlab Ubay Ibn Kaʼb r.anhu va Zayd Ibn Sobit r.anhularga boshidan yoddan oʻqib berdilar. Hazrati Umarning ilm suhbatlarida juda koʻp qatnashib u zotdan ilm oʻrgandilar. Abdulloh Ibn Abbos r.anhu Qur’oni karimning tafsirida juda katta ilmga sohib edilar. Shu bois u zotga Tarjimanul Qur’an laqabi berilgandir. Ibni Mas’ud r.anhu u zot haqlarida „U Mufassirlarning sultonidir“ deb eʼtirof qiladilar.
 
Abdulloh Ibn Abbosning tafsir kitoblari yoʻqdir. Ammo muhtalif rivoyatlari bor. Islom olimlari u zotning rivoyatlari bilan tafsir kitoblarini bezaganlar.
 
Abdulloh Ibn Abbos r.anhumo Rosul Akramdan juda koʻp hadis rivoyat qilganlar. Baʼzi manbalarning xabar berishicha u zot rivoyat qilgan hadislar soni 1660 tadir. U zot umrlarining oxirlarida koʻzlari koʻr bolib qolgan. 68-yili bir hafta kasallikdan soʻng olamdan oʻtganlar. Janozalarini Hazrati Alining oʻgʻillari Muhammad Al Hanafiyya oʻqiganlar.
 
Manba: [http://www.uzislam.com UzIslam.Com]
 
{{stub}}