Ordovik sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 1:
'''Ordovik sistemasi''' (DAVRI), ordovik (lot. Ordovices — Buyuk Britaniyaning hozirgi Uels hududida yashagan qad. kelt qabilasi nomidan) — paleozoy erasining pastdan 2davri. O.s. radiologik metod boʻyicha hrz. davrdan 490±15 mln. yil avval boshlanib, 435±10 mln. yil avval tugagan va taxm.taxminan 67 mln. yil davom etgan. O.s. dastlab 1879 y.da ingliz geologi Ch.Lapuors tomonidan Buyuk Britaniya hududida ajratilgan. O.s. mustaqil davr sifatida fakat 1960 y.da Xalqaro geologik kongreseda qabul qilingan. Ilgari koʻp mamlakatlarda uni silur sistemasi (davri)ning quyi boʻlimi sifatida qoʻllaganlar. O.s. 3 boʻlim (quyi, oʻrta, yuqori) va 6 yarus (tremadok, arenig , llanvirn, llandeyl, karadok va ashgil) dan iborat. O.s.ning boʻlim va yaruslarga aj-ratishda hamma tomonidan tan olingan boʻlinishi hozirgacha yoʻq. O.s. barcha qitʼalarda va koʻpincha orollarda ajratilgan. O.s.ning boshlanishi Yer yuzasining choʻkishiga toʻgʻri kelib, koʻpgina hududlar dengiz suvi bilan krplangan. Dengiz transgressiyasining maksimumi oʻrta ordovik boʻlimlarida mavjud boʻlgan. Yuqori O.s. kaledon burmalanishi tufayli dengiz suvlari bilan qoplangan maydonlar kamayib, yangi yirik qurukliklar vujudga kelgan. Bu davrda dengiz havzasi ikki turli boʻlgan: birinchi-si turgun platforma strukturalarida tuzilgan epikontinental dengiz havzalaridan iborat; ularda, asosan, ohaktosh, gil, kvarsli qum yotqiziqlari tarqalgan; ikkinchisi esa geosinklinal strukturalarga xos boʻlib, qum, gil va graptolitli slanetslar hamda suv osti vulkan jinslari koʻp. Vulkan jinslari Uels, Appalachi, Qozogʻiston, Shim. Tyanshan va b. geosinklinal oblastlarida uchraydi.
 
O.s. dengiz yotqiziqlarida graptolit, trilobit, boshoyoqli mollyuskalar, yelkaoyoqlilar, peletsipoda, foraminifera va b. umurtqasiz jonivorlar qoldigʻi uchraydi. O.yeda dengiz tipratikani, ostrakoda, mshankalar, bulutlar mavjud boʻlgan va umurtqalilar paydo boʻla boshlagan. Oʻsimliklardan koʻkyashil suvoʻtlar koʻp tarqalgan boʻlib, birinchi bor yuksak oʻsimliklar vujudga kelgan. Kembriy davrida-gidek, bu davrda ham bakteriyalar ni-qoyatda koʻp edi. Oʻrta Osiyoda O.s. yotqi-ziklari Shim. va Jan. Tyanshan, Chat-qol, Turkiston, Zarafshon, Olay, Nurota va Qizilqumdagi Tomditov, Boʻkantov togʻlarida maʼlum. O.s. yotqi-ziklarida neft (AQSH), yonuvchi slanets (Estoniya), fosforitlar (Leningrad viloyati), ordovik intruziyalarida oltin va b. metallar (Qozogʻiston) uchraydi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 6:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 12 ⟶ 11:
 
[[Turkum:Geologiya]]
 
 
{{stub}}