Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB
Qator 1:
'''Jinoyat''' — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni J. deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalari va h. k. ga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi. Qilmish J. ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi: 1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 2) aybning mavjudligi; 3) jazoga sazovorligi. Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni J. emas, deb hisoblashga asos topiladi. J.lar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir J.larga boʻlinadi. J.lar tajovuz obʼyektiga koʻra, shaxsga qarshi J., iqtisodiyot sohasidagi J., jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi J., davlat hokimiyatiga qarshi J., ekologiya sohasidagi J., harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi J., tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi J.ga boʻlinadi. Aybning shakliga koʻra esa qasddan sodir etilgan J. va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan J.ga boʻlinadi. Shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, oʻz harakatlarini boshqara oladigan boʻlsagina qilmishi J. hisoblanadi. Subʼyekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish J. sanalmaydi va ularga nisbatan J. qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qoʻllash mumkin emas. OʻzR Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan: 1) kam ahamiyatli qilmishlar; 2) zaruriy mudofaa; 3) oxirgi zarurat; 4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; 5) buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish; 6) kasb yoki xoʻjalik faoliyati b-nbilan bogʻliq asosli tavakkalchilik (36—41-moddalar). Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat hisoblanmaydi, qilmish ham J. sanalmaydi. Alohida olingan muayyan bir J. va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy omillar, xrdisalar, jarayonlar boʻladi. J. sabablari oʻrganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning oʻzi, uning dunyo qarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan — shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan — J. sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga eʼtibor beriladi.
 
Mamajon Usmonaliyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 6:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}