Tsunami: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
en:Tsumani bilan bogʼlandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB
Qator 1:
'''Sunami''' (yaponcha — ajal va vayronalik keltiruvchi toʻlqinlar) — suv ostida yoki sohil boʻyida kuchli zilzila boʻlganda, baʼzan vulkanlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining koʻtarilishi va choʻkishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz toʻlqinlari. Suvning kam siqilishi va suv tubi maydonlarining deformatsiyalanish darajasining juda jadalligi sababli, unga tayangan suv ustuni tarqalishga ulgurmay oʻrnidan qoʻzgʻaladi, natijada okean yuzasidan koʻtarilish va pasayish yuzaga keladi. Bu yuzaga kelgan qoʻzgʻalish suv qatlamining toʻlqinsimon harakatlanishiga sabab boʻladi, yaʼni katta tezlikda (50 dan 1000  km/so-atgacha) harakatlanuvchi S. toʻlqinlari yuzaga keladi. Toʻlqinlar oraligʻidagi masofa 5 dan 1500  km gacha, balandligi esa ochiq okeanda 0,1 m dan 5 m gacha, qirgʻoqlarda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketadi. S. katta halokatlar keltiradi. Asosan, Tinch okean qirgʻoqlarida (S.larning 80%) kuzatiladi. Eng kuchli S. 1895 y.dayilda Xonsyu o. yaqinida sodir boʻlgan. Soʻnggi 2004 y. 26 dek. da Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan S. oqibatida 300 mingdan ziyod kishi qurbon boʻldi va bedarak yoʻqoldi. Shu regionda joylashgan mamlakatlar iqtisodiga ulkan zarar keltirdi. S.dan qisman saq-lanish uchun okean va dengiz qirgʻoqlarida inshootlar quriladi. Bir necha mamlakatlarda aholini S.dan xabardor qilish xizmatlari tuzilgan.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}