Tarjima: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (4) using AWB
Qator 1:
'''Tarjima''' — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratihsan iborat adabiy ijod turi. T. millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy T., ilmiy T. va b.boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. T. kdd. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham sakdangan.
 
Zamonlar osha T. ga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. T.ning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. "T." termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi.
Qator 7:
Nizomiy bolidan holvo pishurdim") T. nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi.
 
Hoz, davrda har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab xalkdar tilidan oʻz ona tiliga ilmfan va madaniyatning oʻnlab sohalariga oid materiallarni (lirik sheʼrlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va b.boshqalar) tarjima qiladi.
 
T. nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, T.da iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida T. chilikning taʼsiri katta boʻladi, zero T. tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham T.chilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va b.boshqa ijodida T. katta oʻrin egallaydi.
 
20-a. oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va b.boshqa badiiy T. sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy T. sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Roʻzimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. Gʻafurov, M. Mirzoidov, gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va b.boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar T. chiligida gʻam katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov, 3. Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta.
 
T. amaliyotini, uning oʻziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, prinsip va krnuniyatlarini tarjimashunoslik fani oʻrganadi, tarjimonga oʻgirish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliyadabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. 20-a. oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar.
Qator 19:
Oʻzbek tarjimashunosligi asosan adabiy yoʻnalishda taraqqiy etgan. T. ning lisoniy jihatlari keyinroq — oʻzbek tiliga koʻpgina xorijiy tillardan bevosita oʻgirishga yoʻl ochilganidan soʻng rivojlana boshladi.
 
Zuhriddin Isomiddinov.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}