Toʻraqoʻrgʻon tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → Qishloq xoʻjaligi (3), T.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 65:
 
== Tabiati ==
Tumanning shimoli-sharqiy va janubiy qismi tekislik, gʻarbiy qismi esa togʻ etaklari va Yertikan, Bogʻibaland, Kengkoʻlsoy, Nahor va Rezaksoy adirlaridan iborat. Tuproqlari boʻz va shagʻal tuproqlar. Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati —2°, —3°, eng past harorati —29  °C. Iyul oyining oʻrtacha harorati 26,3  °C, eng yuqori harorat 42°. Yillik yogʻin 188  mm. Vegetatsiya davri 229 kun. Tuman hududining janubiy qismidan Sirdaryo, shimolidan Kosonsoy, gʻarbiy qismidan Sumsarsoy soylari oqadi. Tuman hududidan Shimoliy Fargʻona, Mosh kanallari, shimoliy qismidan Katta Namangan kanali oʻtgan.
 
Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda rang , qoʻngʻirbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh; pashmak, baliqkoʻz, seta, pashmakshoʻra, yulgʻun, Sirdaryo sohillarida yantoq, qamish va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, boʻrsiq, boʻri, tulki, jayra; ilon va kaltakesaklar, qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻay, popishak, bedana, bulbul, soch, qargʻa, gʻoz, loyxoʻrak, qirgʻovullar bor.
 
== Aholisi ==
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, uygʻur, ukrain, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 &nbsp;km<sup>2</sup> ga 515,1 kishi (2004).
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 78:
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Q.x.ningQishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik va bogʻdorchilik. Tumanda 10 paxtachilik, 2 bogʻdorchilik va tokchilik shirkat xoʻjaliklari bor. 6450 ga yerga paxta, 5076 ga yerga don, 1317 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1609 ga yer bog va tokzorlar bn band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 30,3 ming qoramol, 34,6 ming qoʻy va echki, 52,6 ming parranda va 331 yilqi boqiladi (2003). Toʻraqoʻrgʻon tumani orqali [[Toshkent]] — [[Namangan]] — [[Andijon]] poyezdi oʻtadi.
 
== Ijtimoiy soha ==
Tumandagi 59 umumiy taʼlim maktabida 43 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Toʻraqoʻrgʻon q.x.qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji (1100 oʻquvchi), kasbhunar litseyi (500 oʻquvchi), Shahand q.x.qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji (400 oʻquvchi), Xoʻjand sanoattransport kasbhunar kolleji (400 oʻquvchi), "Kamalak" bolalar istirohat bogʻi, 56 kutubxona, Ibrat adabiyot muzeyi, shonshuhrat va ustozmurabbiylar muzeylari, madaniyat saroyi faoliyat koʻrsatadi (2003).
 
Sport, kurash maktablari, 2 stadion, 30 sport zali, 69 futbol maydoni, 36 qoʻl toʻpi maydoni, 7 tennis korti, 18 gimnastika maydoni, 24 mini futbol, 25 basketbol maydoni, 2 suzish havzasi mavjud<ref>[http://wwhp.ru/naman.htm Всемирный исторический проект]</ref>.
 
Tumandagi 28 tibbiyot muassasasida 281 vrach (har 10 ming aholiga 17 vrach), 1281 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. "Shahand" sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Meʼmoriy yodgorliklardan T.t.Toʻraqoʻrgʻon tumani da Gʻoyibnazarqozi madrasasi (1892), Falosbonbuva (1860), Langarbibi maqbaralari (18a), Sirli (1895), Baland (1895), Omonboybuva (1890), Bozorboshi (1860), Mirza Hamdam (1883), Isoqxontoʻra (1806) masjidlari; qadimgi Axsikat shahrining xarobalari bor. 1971-yil 1 sentyabrdan tuman "Davr" gazetasi nashr etiladi (adadi 5000).
 
== Manbalar ==