Devon davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k kichik o'zgarishlar
Qator 5:
Oʻzbekistonda D.d. yotqiziqlari Chatqol-Qurama, Turkiston-Olay togʻ sistemasida, Zarafshon, Hisor, Zirabuloq, Nurota, Sulton Uvays toglarida va Qizilqum-Nurota regionida tarqalgan. Bu joylarda D.d. bir qancha mahalliy svitalarga ajratilgan konglomerat, qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, alevrolit, kvarsit va b. effuziv jinslardan iborat. Sistema yotqiziqlarining toʻliq kesmasi Jan. Tyanshanda aniqlangan. D.d. jinslarida boshoyoqlilar, graptolitlar, ignatanlilar, yelkaoyoqlilar, yumshoqtanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. uchraydi. D.d. silur davridan hayvonot va oʻsimlik dunyosining oʻzgarganligi bilan farq qiladi. Mac, D.d.da qisqichbaqasimonlar ancha kamaygan, silurda paydo boʻlgan boshoyoqlilar esa juda rivojlangan.
 
D.d.ning boshlarida Oʻzbekiston hududining jan. qismi iliq suvli, uncha chuqur boʻlmagan, koʻp orolli, ayrim joylarida harakatdagi vulkanli dengizdan iborat boʻlgan. Jivet yarusida dengiz shim.ga tomon siljigan va ancha chuqurlashgan. Natijada kichik orollar suv qaʼriga choʻkib, yirik orollarning yuqori qismlarigina suv ustida qolgan. Famen yarusiga kelib hozirgi Oʻzbekiston hududining deyarli hamma joyini dengiz qoplab olgan. Bu holat quyi karbon davrida ham davom etgan. D.d.da gersin burmspanishining bir necha fazasi boʻlib oʻtgan. Uning natijasida Chatqol, Piskom, Qoratov, Qurama va b. togʻlar paydo boʻlgan. Oʻzbekistondagi D.d. jinslarida qoʻrgʻoshin, mis, rux, simob va b. konlari bor. Xorijda D.d. yotqiziqlarida neft va gazning katta zaxirasi Sharqiy Yevropa (Volga-Ural, Timan-Pechora, Pripyat havzalari), Shim. Amerika (Uilliston, Illinoys, Perm, Michigan havzalari), Afrika (Sahroi Kabir — Oʻrta dengiz havzasi) va Avstraliya platformalarining ichki va chekka qismlaridagi strukturalarda joylashgan, osh tuzi va sulfatlarning qatlamli uyumlari (Sharqiy Yevropa, Sibir, Shim. Amerika va Avstraliya platformasi), kaliy tuzlari (AQSH, Ukraina), temir-marganets va qoʻrgʻoshin rudalari (Markaziy Qozogʻiston), boksit (Shim. Ural va Salair) konlari mavjud.
 
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Geologiya]]
 
 
{{stub}}