Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 6 y. → 6 yil (4), i.ch. → ishlab chiqarish (3) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
'''Raqobat''' — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
 
R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq fondafoyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
 
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.