Islom Karimov vafoti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
==Tibbiy xulosa==
[[Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi|Sogʻliqni saqlash vaziri]] [[Anvar Alimov]] va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan [[Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasi]]ga olib kelindi.<ref name="tibbiy_xulosa">{{cite web|url=http://www.press-service.uz/uz/news/5320/|title=Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kasalligi va vafoti sabablari to‘g‘risida tibbiy xulosa|date=02.09.2016|publisher=Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati}}</ref> Tibbiy koʻrik [[Rossiya fanlar akademiyasi]] akademiklari: kardiojarroh [[Leo Bokeriya]] va neyrojarroh [[Aleksandr Potapov]]; [[Hannover]] xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor [[Amir Samii]], [[Monako]] kardiotorakal markazi direktori, professor [[Gilles Dreyfus]], [[Heydelberg universiteti]] kardiologiya boʻlimi rahbari, professor [[Hugo Katus]], [[Xelsinki universiteti|Helsinki universiteti]] markaziy gospitalining neyroxirurgiya boʻlimi professori [[Juha Hernesniemi]] tomonidan oʻtkazildi.<ref name="tibbiy_xulosa"/> Davolash rejasi oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkazilgan [[konsilium]]da belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, bemorning nevrologik holati avval boshdan [[atonik koma]] sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda [[diffuz mushak atoniyasi]], [[arefleksiya]] kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik [[Elektroensefalografiya|elektroensefalografik]] tekshiruv oʻtkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi."<ref name="tibbiy_xulosa"/> Toʻliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va [[intensiv terapiya]] chora-tadbirlari oʻtkazilganiga qaramasdan [[2016-yil]] [[2-sentyabrsentabr]] kuni soat 20:15 da yurak faoliyati toʻxtadi. Amalga oshirilgan intensiv [[reanimatsiya]] tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da [[biologik oʻlim]] holati qayd etildi.<ref name="tibbiy_xulosa"/>
 
==Dafn marosimi==