Moʻgʻuliston (qadimgi davlat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8 y. → 8 yil (5) using AWB
tuzatish
Qator 1:
{{Maʼnolari|Moʻgʻuliston (maʼnolari)}}
'''Moʻgʻuliston''' — Chigʻatoy ulusittulusining parchalanishi (1348) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasi qaragan. Moʻgʻul hukmdorlari va mulkdorlari oʻrtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga 2 xil qarash mavjud boʻlib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, xunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori boʻlsa (Oʻqtoy qoon, Munke qoon, Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kepakxon va boshqalar), yana bir boshqa guruh oʻtroqlik va shahar hayotiga tamoman qarshi boʻlib, koʻchmanchilik anʼanalariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qalʼalarga tayanib, moʻgʻullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bogʻrogʻlarni oʻtlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va boshqalar) edilar.
 
Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turk va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa M. deb atay boshladilar. Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalar esa chigʻatoylar nomi bilan mashhur boʻldi. Moʻgʻullar Movaro-unnahrga koʻchib ketgan qabilalarni qoraunas (duragay), ular esa moʻgʻullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348 yilda chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur M. xoni qilib koʻtarildi. Tugʻluq Temur vafotidan (1363) soʻng , Amir Qamariddin hokimiyatni qoʻlga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida M.ga Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan Amir Temur 7 marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qoʻshin tortgan. Qamariddin Temur qoʻshinlarining taʼqibi ostida bir qism navkari bilan shim.ga qochib ketdi. Taxtga Xizrxoʻja oʻtirdi. Xizr-xoʻja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band boʻlganligidan foydalanib, M.da tartib oʻrnatish va markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaf-faq boʻldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh boʻlib (Temurga qizi Tuman ogʻani bergan), oʻz mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxoʻja vafotidan soʻng uning oʻgʻli Shamʼi Jaqon hokimiyatni qoʻlga oldi (1399).