Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 99:
|enrollment =
|enrollment_as_of =
|students = 1400<ref>{{cite news|title=Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda kompyuterkomputer yetishmaydi|url=http://www.turmush.kg/ru/news:1349617|newspaper=Turmush|accessdate=10.12.2016|language=ruscha|date=8.12.2016}}</ref>
|sixth_form_students =
|pupils =
Qator 334:
 
== Dars programmasi ==
Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish ''boshlangʻich '' (1-4-sinflar), ''oʻrta '' (5-9-sinflar) va ''yuqori'' (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.
 
Qirgʻizistondagi va boshqa [[MDH]] mamlakatlaridagi maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi ([[jismoniy tarbiya]] va chet tillaridan tashqari). Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham shunday.
Qator 340:
5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga [[matematika]], [[informatika]], [[fizika]], [[kimyo]], [[jugʻrofiya]], [[biologiya]], [[sanʼat]], [[musiqa]], [[jismoniy tarbiya]], [[tarix]], [[falsafa]], [[astronomiya]] kabi darslar oʻtiladi. [[Ingliz tili]] 5-sinfdan boshlab oʻqitiladi.
 
Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (''ertalabki '' va ''tushki'') darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.
 
Maktab yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
Qator 353:
 
== Maktab oʻquvchilarining umumrespublika testida ishtiroki ==
Qirgʻiziston Respublikasi prezidentining farmoni bilan mamlakatda 2002-yildan beri maktab bitiruvchilari orasida [[oliy oʻquv yurti|oliy oʻquv yurtlariga]] kirish uchun umumrespublika [[test]]itesti uyushtiriladioʻtkaziladi<ref name="NST"/>. Testni topshirgan oʻquvchilar Qirgʻizistondagi koʻplab oliy oʻquv yurtlariga kirish va bepul taʼlim olish uchun erishgan ballari bilan boshqa abituriyentlar bilan tanlovda qatnashadi. Testni „Bilimni baholash va oʻqtish uslublari markazi“ hamda Taʼlim vazirligi uyushtiradi. [[AQSh]]ning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) esa loyihani moliyalashtiradi. Umumrespublika testida qatnashish majburiy emas, uni faqat xohlagan oʻquvchilar topshiradi.
 
Umumrespublika testi ikki qismdan iborat: ''asosiy test'' va ''fan testlari''. Asosiy testni barcha topshiruvchilar yozishi shart. Fan testlarini esa xohlagan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtida tanlamoqchi boʻlgan sohalariga qarabtayangan holda topshirishadi.
 
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab bitiruvchilari umumrespublika testida 2002-yildan beri qatnashib keladi. Umumrespublika testining asosiy testida maʼlum bir balldan (odatda 200 balldan) yuqori natija olgan bitiruvchilarga „oltin sertifikat“ beriladi va bu oʻquvchilarda oʻquv yurtiga kirish va bepul oʻqish imkoni kattaroq boʻladi. Shu kungacha OʻzbekAlisher gimnaziyasiningNavoiy nomli oʻrta maktabning birorta bitiruvchisi 200 yoki undan yuqori ball olgani yoʻq. Maktab tarixidagi eng yuqori natija boʻlmish 193 ballni 2017-yil bitiruvchisi Abdusamat qizi Meerim olgan.
 
Qirgʻizistonda umumrespublika testini 2013-yilgacha [[Qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[Rus tili|rus]] va [[Oʻzbek tili|oʻzbek]] tillarida topshirish mumkin edi<ref name="NST">{{cite web|title=Umumrespublika testi {{ref-ru}}|url=http://www.testing.kg/ru/testing/|work=Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi|accessdate=21-oktabr, 2013}}</ref>. [[Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar (2010)|2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar]] ortidan ayrim qirgʻiz siyosatchilar muntazam ravishda testni oʻzbek tilida oʻtkazishni toʻxtatishga chaqira boshladi<ref>{{cite web|last=Elmurod|title=„Qirgʻiz deputati oʻzbekcha imtihonga qarshi“|url=http://www.ozodlik.org/content/article/24553009.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=29-oktabr, 2012|date=19-aprel, 2012}}</ref>. 2013-yil oʻzbekcha umumrespublika testi yoʻq qilingani haqida xabar qilindi<ref>{{cite web|last=Indina|first=Mariya|title=„Qirgʻizistonda oʻzbekcha umumrespublika testi bekor qilindi“ {{ref-ru}}|url=http://www.news-asia.ru/view/uz/4224|accessdate=1-aprel, 2014|work=[[News-Asia]]|date=1-fevral, 2013}}</ref>. Ammo keyinroq bu qaror bekor qilindi va oʻzbek bitiruvchilarida oʻsha yili ham testni oʻz ona tillarida topshirish imkoni boʻldi.