Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Zilzilalar 1963-98.png|right|250px|thumb|1963-1998-yillar orasida sodir boʻlgan zilzilalar.]]
'''Zilzila''' [[Yer]] [[qobiq (geografiya)|qobigʻida]] [[seysmik toʻlqinlar]] keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni oʻrganish bilan [[seysmologiya]] shugʻullanadi. Zilzila keskinligi [[zilzila magnitudasi|magnitudalarda]] oʻlchanadi. Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va daxshatlisi bu yer silkinishidir. Yer silkinishi yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo’lib, tabiy ofatlar,
texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo'lish o’chog’i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig’ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O’choqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markazi epitsentr deyiladi.
 
 
== Zilzila (yer silkinishi) haqida ==
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Zilzila''', yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Z.lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi b-n tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
 
Qator 19 ⟶ 14:
 
Baʼzi uylarda suvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi,baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. ''Koʻndalang'' toʻlqin esa oʻrtacha 5&nbsp;km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u '''godograf''' deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati '''magnituda''' (M) b-n belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga to'g'ri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. "A" harfi b-n belgilangan kattalik K = lg£ Z.ning '''quvvatlilik sinfi''' deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 y.da Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 y.da Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 y. Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin Z.ning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi b-n Z.ning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Z.ning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y.lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi:<br>
M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km.<br>
Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan zilzila epitsentrigacha boʻlgan masofa.<br>
 
Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli Z.ning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. Zilzila quvvati b-n magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Z.ning yer yuzida bir xil kuch b-n namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa '''izoseysta''' chizigʻi, zilzila kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi.
 
Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Z.ning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Z.larni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti.
Qator 28 ⟶ 24:
 
Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y.larda Fargʻonada, 942-y.da Buxoroda, 1208—1209-y.larda Urganchda, 1490-y.da Samarqandda, 1494-y.da Namanganda, 1620-y.da Axsikentda, 1902-y.da Andijonda, 1921 — 1922-y.larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y.da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y.larda Toshkentda, 1976, 1984-y.larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Zilzilaning yuzaga kelish sabablari ==
Qator 195 ⟶ 190:
* Nigmatov I., Tojieyv M.X. — "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. -260 b.
* Qudratov A. va b. — "Hayotiy faoliyat xavfsizligi".Ma’ruza kursi. “Aloqachi” -T.: 2005. -355 b.
* [[www.mchs.gov.uz]]
 
== Havolalar ==
* [http://www.mahalla.uz/uzbl/axborot/ofatdan_talofat_kormang.mgr Zilzila paytidagi xavfsizlik choralari], ''mahalla.uz''
 
Mustafayev Shaxboz