Zikr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Zikr''' (arab. — eslash, yodga olish) — tasavvufda xudoni yodga olish b-nbilan boglik "samo" marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiysheʼriy turkum. Musulmonlar orasida 10—11a.larda10—11-asrlarda shakllangan. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qurʼoni karimning "Allohni zikr qilish b-nbilan qalblar orom olur" (13:28) degan koʻrsatmasi b-nbilan bogʻlaydilar. Z.ning asosiy falsafiyestetik maqsadi vajd (ekstaz), yaʼni insonning musiqa, sheʼr va raqs vositasida oliy Haqiqat (Tangri) b-nbilan hissiyruhiy birlashib, uygʻuklashib ketishidir. Turli xil tasavvuf tariqatlarida Z.ning xilmaxil koʻrinishlari ishlatiladi. Mas, Turkistonda eng koʻp tarqalgan naqshbandiya tariqatida "Zikri jahriy" ("Oshkora, katta 3." yoki "Xonakryi" deb ham ataladi), "Zikri xafiy" ("Yashirin, kichik 3.", tor doirada ijro etilgan), "Zikri adadiy" ("Sanokli 3."), "Zikri alloniya" ("Eʼlonli 3."), "Zikri dil" kabi turlari qoʻllanilgan. Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida 3. marosimiga musiqiy asboblar va raqslar keng jalb qilina boshlangan.
 
Naqshbandiya tariqatida "Zikri jahriy" turkumining asosiy qismlari usullarning zarblariga koʻra, "Yakzarb", "Duzarb", "Sezarb", "Chorzarb" deb atalgan. Asosiy qismlarning oʻzgartirilgan koʻrinishlari "Chopqin" deb yuritilgan. Z.ningboshlanishi, asosiy qismlar oraligʻi va turkum yakunida Qurʼon suralari rechitativ (nutqdosh) uslubida kuylanadi. Turkumning qismlari kuyohang , usulritmik tuzilmalari Sharq xalklari musiqa merosi, xususan, oʻzbek ashula janriga taʼsir koʻrsatgan. 3. mavlud va b. diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan Ik.Akbarov ("Shoir xotirasiga" poema), A. Kozlovskiy ("Ulugʻbek" operasi) va b. 3. usul-ohanglaridan foydalanishgan.