Molière: Versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
k (Bot: endilikda Wikidata d:Q687 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi)
kTahrir izohi yoʻq
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Molyer''' (Moliere) (taxallusi; asl ism-sharifi Jan Batist Poklen) (1622.15.1 - Parij - 1673.17.2) -fransuz dramaturgi, aktyori, teatr ar-bobi, sahna sanʼati islohotchisi. Lotin tili, antik adabiyotni oʻrgangan. 1645—48 yillarda sayyor teatr truppasida aktyorlik qilgan. Xalq teatr anʼ-analari bilan klassitsizm yutukdarini umumlashtirib, ijtimoiymaishiy komediya janrini yaratdi. 1658 yildan M. oʻz truppasi bilan Parij va saroy teatrlarida pyesalar qoʻydi. Shoh asari — "Tartyuf" (1664) komediyasida hurfikrlikning ashaddiy dushmani — xristian cherkovi kirdikorlarini fosh etdi. Don Juan haqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, "Don Juan" (1665) realistik pyesasini yaratdi. "Zoʻraki nikoh" (1664), "Mizantrop", "Amfitrion", "Jorj Danen", "Xasis" (1668), "Dvoryanlar orasidagi meshchan" (1670), "Oʻqimishli ayollar" (1672), "Soxta bemor" (1673) va boshqa komediyalar muallifi. M. komediyalarida chuqur falsafiy va axloqiy masalalar qoʻyilgan. Ularda yaxshi fazilatli kishilar tasvirlangan, lekin pyesa qaxramonlari haddan tashqari talablar qoʻyib, sogʻlom fikr yuritishdan voz kechadilar, natijada bu, amalda, yaxshi fazilatning yoʻq boʻlishiga olib keladi. M. ijodi jahon teatri rivojiga samarali taʼsir etgan. 19-asr boshida Fransuz akademiyasiga M.ning byusti qoʻyilgan. Har yili 17 fev.dafevralda — buyuk fransuz komediografi 1673 yil 17 fev.dafevralda soʻnggi bor saxnaga chikib rol oʻynagan kunda Parijdagi mashhur "Komedi Fransez" teatrida M. pyesalari namoyish etiladi. M.ning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: "Xasis" (1925), "Tartyuf" (1941), "Skapen nayranglari" (1950) va boshqa <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->