Kartel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k b-n →‎ bilan
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kartel''', kartel bitimlari (ital. cartelio — qogʻoz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i.ch. va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va b. toʻgʻrisida bitimi. K. tashkil etishdan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan boʻladigan tashqi raqobatni bostirish yoʻli b-nbilan foydani oshirishdan iborat.
 
K.lar i.ch.ning konsentratsiyalashuvi va kapitalning markazlashuvi b-nbilan bogʻliq holda 19-a. oxirida paydo boʻldi. 20-a.ning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda K. tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy K. bitimlari davom etdi. K. 20-a.ning 20—40-y.lari oʻrtasida sanoatning koʻpgina sohalarida avj oldi.
 
Hoz. davrda bir qator mamlakatlarda K. bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi qonunchilik b-nbilan taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i.ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi b-nbilan cheklangan. Jahonda son jihatidan unchalik koʻp boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida muayyan bir tovar boʻyicha jahon bozorini oʻzaro boʻlib olish, raqobat darajasidan ortiq boʻlgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yoʻliqmaslik maqsadlarida xalqaro K. bitimlari tuzildi.
 
Hoz. sharoitlarda ham bir qancha qudratli xalqaro K.lar mavjud, OPEK unga yorqin misol boʻla oladi. Bozor monopoliyasiga karshi kurashda mayda va oʻrta biznes K. bitimlaridan unumli foydalanadi.