Margʻilon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bot: Replacing category Oʻzbekiston: Shaharlar with Oʻzbekiston:Shaharlar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 61:
M. toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-asrga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar "Margʻinon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. M. nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar "margʻ" — "maysazor", "oʻtzor"dan deb taxmin qiladilar. M. "murgʻ" va "yunon" soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratniig "Tarixi Fargʻona" qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar M. oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-asrda u katta qishloq boʻlganligini, 11 — 12-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold "Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham M. viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da M. Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, M.da doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. M.da oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. M. 1876—1926 yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.
 
1927 yilda M.da birinchi pillakashlik f-kasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlarizavodlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik z-dizavodi, taxta tilish sexi, poyabzal f-kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 yilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida "Atlas" firmasi vujudga keldi (1976 yildan "Atlas" ishlab chiqarish birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). "Turonshoyi", A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, "Fargʻonasut", yogʻochsozlik korxonalari mavjud. "Doʻstlik— Margʻilon" qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, "Margʻilon" mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, "Istiqbol" gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, "Shoyi" kompaniyasining ipakchilik in-tiinstituti faoliyat koʻrsatmoqda.
 
12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, "Nurxon" xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. "Al Hidoya" xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi.
Qator 80:
 
Yana shaharda,Oʻzbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan [[Yodgorlkik Shoi Korhonasi]] va [[Turon Shoisi]] Korhonalari joylashgan.[[Farg`ona Vodiysiga]] shoi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki [[Marg`ilon]] bu sohada juda mashhur boʻlgan.
[[Tasvir:Marg'ilon hunarmandlari.jpeg|thumb|Marg'ilon hunarmandlari ish jarayoni]][[Tasvir:chillahona.jpeg|thumb|Pir Siddiq majmuasi]]
 
== Tarixiy va arxitektura yodgorliklari ==
Qator 88:
 
Pir Siddiq majmuasi (Kaptarlikmozor) - Burxoniddin Margʻiloniy yashab ijod qilgan chillahona va uning shogirdlarida biri dafn etilgan maqbara.
[[Tasvir:Uvaysiy.jpg|thumb|Jahon otin Uvaysiy|alt=]]Hoʻja Maoz yoki Hasti Maoz - shahar chetida joylashgan, mashxur sahobai kirom Muoz ibni Jabal maqbarasi.
[[Tasvir:chillahona.jpeg|thumb|Pir Siddiq majmuasi]]
 
Hoʻja Maoz yoki Hasti Maoz - shahar chetida joylashgan, mashxur sahobai kirom Muoz ibni Jabal maqbarasi.
 
Hoʻja Porso maqbarasi.
Qator 99 ⟶ 97:
* [[Burxoniddin al-Marg'iloniy]] — Buyuk Islom huquqshunosi. fiqh ilmi olimi, "Al-Hidoya" asari muallifi.
* [[Uvaysiy (Jahon otin)]] (1781—1845) — Oʻzbek shoirasi.
 
[[Tasvir:Uvaysiy.jpg|thumb|left|Jahon otin Uvaysiy]]
* [[Yo'ldosh Oxunboboev]] (1885—1943) — Oʻzbekiston SSR oliy ijroqoʻmi 1-chi kotibi.
* [[Saodat Qobulova]] (1925—2007) — SSSR va Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1959) opera ijrochisi.