Slovakiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Fixing abbreviations (v0.3)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Slovakiya hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlganligi maʼlum. Mil. 3–4-asrlarda slavyanlar koʻchib kelgan va 1ming yillik oʻrtalarida yetakchi etnik guruh boʻlib qolgan. 7-asrda S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9–10-asrlarda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-asr oʻrtalarida Slovakiyani vengerlar bosib olib, chexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil boʻlish jarayoniga xalaqit berdilar. 13–14-asrlarda Slovakiya nemislar kuliga oʻtdi. 16-asr oʻrtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-asr oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-asr boshlarida Slovakiyada bir necha bor dehqonlar qoʻzgʻoloni (1618, 1631-32, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yoʻqsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) boʻldi. Slovakiya dehqonlari Rakotsi Ferens harakatida (1703–11) qatnashdilar. 1848–49 yil Avstriya inqilobi vaqtida Slovakiya milliy harakati arboblari demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) bilan Vengriya tarkibida qoldi. 1-Birinchi jahon urushi yillarida Slovakiyada chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919 yil 16 iyunda Preshovda Slovak Sovet respublikasi eʼlon qilindi, biroq 7 iyulda intervensiyachi qoʻshinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod boʻlgach, Slovakiya 1919 yil 30 oktabrda Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918 yil tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938 yil Myunxen bitimita koʻra, Slovakiyaning jan. tumanlari Chexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939 yil slovak fashistlari Germaniya panohidagi "mustaqil" S davlati tashkil etilganini eʼlon qildilar. Shu yildan Slovakiyada Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1944 yilgi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni Slovakiyaning 2/3 qismigayoyildi. 1945 yil mayda Slovakiya butunlay ozod qilindi. Slovak va chex yerlari Chexoslovak respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Slovakiya 1948 yil 9 maydan Chexoslovak Xalq Demokratik Respublikasi, 1960 yil 11 iyuldan Chexoslovak Sotsialistik Respublikasi, 1990 yil 29 martdan Chexoslovak Federativ Respublikasi, 1990 yil 20 apreldan 1992 yil 31 dekabrgacha Chex va Slovak Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992 yil 17 iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti eʼlon qilindi. Slovakiya – 1993 yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 24 yanvarda OʻzR suverenitetini tan olgan va 1993 yil 1 yanvar dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 29 avgust – Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni kuni (1944), 1 sent. – Konstitutsiya kuni (1992).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari ==
Qator 36:
 
== Adabiyoti ==
Slovakiya yozuvining paydo boʻlishi akauka Kirill va Mefodiylarning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati bilan bogliq (9-asrning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi bilan sugʻorilgan. 17– 18-asrlarda Ya. Vavrinets, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uygʻonish boshlanishi bilan Maʼrifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-asr oxiri – 19-asr boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Bernolak bu davrning tanikli vakillaridir. B. Tablits va Ya. Golliy sheʼriyatida, Ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va Ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifodalangan. 19-asr 40–70yillarida milliy ozodlik harakatining gʻoyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklarning ijodida vatanparvarlik gʻoyalari folklor anʼanalari usulida targʻib qilindi. Y. Zaborskiy nasri va dramaturgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm uslubi qiyomiga yetkazildi. 20-asr boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijodiy prinsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Yesenskiy nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning yetakchi mavzui boʻldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plavka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra sheʼrlari 20-asrning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==