Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 19:
Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat "Fransiya" deb atala boshladi. [[1302]] y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush ([[1337]]—[[1453]]) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya ([[1358]]) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy [[Yevropa]]da oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. [[Oʻttiz yillik urush]]). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy [[Yevropa]]ning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo [[Ispaniya]] merosi uchun boʻlib oʻtgan urush ([[1701]] — [[1714]]) va nihoyat Yetti yillik urush ([[1756]]—[[1763]]) natijasida Fransiyaning Shimoliy [[Amerika]] ([[Kanada]] va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent [[1792]] y. 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent [[1793]] y. [[24 iyun]]da demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ([[1794]]—[[1795]]) va Direktoriya rejimi ([[1795]]—[[1799]]) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, [[1804]] yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, [[Yevropa]]da Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. [[1814]]—[[1815]] va [[1815]]—[[1830]] yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. [[1815]] y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ([[1815]] y. [[18 iyun]]) u magʻlubiyatga uchragach, [[Parij]] sulhiga muvofiq, Fransiya [[1790]] y.gi chegarasiga qaytarildi. [[1830]] y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
 
[[1848]] y. fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). [[1851]] y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. [[1852]] y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. [[1870]]—[[1771]] yillardagi Fransiya — [[Prussiya]] urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda ([[1870]]) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil [[18 mart]]da qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. [[1871]] y. [[Frankfurt]] sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya [[Elzas]] va [[Lotaringiya]]ning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. [[1875]] y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika ([[1870]]— [[1940]]) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli [[1891]]—[[1893]] yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq [[1904]] y.gi Fransiya— [[Buyuk Britaniya]] bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya 1-Birinchi jahon urushi ([[1914]]—[[1918]])da qatnashdi. [[Olmoniya]]ning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya [[Yevropa]]da oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). [[1936]] y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. [[1938]] y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. [[1939]] y. 3 sentabrda Fransiya [[Olmoniya]]ning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan [[Polsha]]ga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo [[Polsha]]ga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. [[1940]] y. may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. [[10 iyun]]da Fransiyaga [[Italiya]] urush eʼlon qildi. [[14 iyun]]da esa Olmoniya qoʻshinlari [[Parij]]ni urushsiz egalladilar. [[22 iyun]]da Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. [[Olmoniya]] qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. [[1942]] y. [[11 noyabr]]da Germaniya bilan [[Italiya]] bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. [[1940]] y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 yildan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning [[Afrika]]dagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta [[Kongo]], [[Gabon]] va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. [[1941]] y. 24 sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. [[1943]] y. [[3 iyun]]da Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. [[1944]] y. [[2 iyunda]] AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
 
2-Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. [[1946]] y. 24 dek.da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
 
Toʻrtinchi respublika davri ([[1946]]—[[1958]]) boshlandi. [[1949]] y. Shim. Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida "milliy najot" hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966 yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965 yil 19 dek.da Sh. de Goll qaytadan 7 yilga prezident etib saylandi. 1968 yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968 yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 yil "Respublika uchun demokratlar ittifoqi" partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88 yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 yildan 5 yilga oʻzgartirildi. 2002 yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 yil 3 yanvarda tan olgan va 1992 yil 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).
Qator 65:
17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning "Telemakning sarguzashtlari" romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning "Andromaxa", "Britannik", "Fedra" asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye ("Fors maktublari") bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751 yildan D. Didro, J.L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.
 
18-asr 2yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning "Xavfli aloqalar" romani, Bomarshening "Figaroning uylanishi" komediyasida namoyon boʻldi. K.J. Ruje de Lillning "Marselyeza" qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 yil Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871 yil iyunda "Internatsional" sheʼri va 1876 yil "Parij Kommunasi" dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. 1-Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 yil "Klarte" Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.
 
Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Qator 89:
Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18-aar oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning "Marselyeza" asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860 yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda "modern" uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905 yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907 yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-Birinchi jahon urushidan soʻng syurrealizm, 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945 yildan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.
== Musiqasi ==
Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 yillar "Grand opera" teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini ("Dezertir", 1769), A.E. M. Gretri ("Lyusil", 1769) kiradi. Komik operalar "Opera komik" teatri (1715 yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 yil J. Ruje de Lil tomonidan "Marselyeza" yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 yil Parijda Milliy musika instituti (1795 yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi ("Karmen", 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi ("Oltilik" kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). 2-Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20a.20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, "Sxola kantorum" (1894 yil asos solingan), "Ekol normal de myuzik" (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.
 
== Teatri ==
F. teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning "Xudo ehtiroslari misteriyasi"dir. 1599 yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634 yil "Mars" teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan "Komedi Fransez" teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791 yil "Teatrlar erkinligi haqida dekret"dan soʻng , Parijda 19 teatr tashkil topdi. "Komedi Fransez" teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning "Ernani" dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848 yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. "Erkin teatr" va "Antuan teatri" asoschisi, "Odeon" teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910 yil J. Rushe tomonidan "Teatr dez Ar" tashkil etildi. 1926 yil toʻrt buyuk rejissyor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — "Kartel" tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan "Komedi Fransez"ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissyorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan "1789" va "1793" teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.
 
Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissyor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda "Kompani Reno—Barro" truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida "absurd teatri" katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, "Grandopera", "Komedi Fransez", "Odeon" va "Shayo" milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissyorlar mashxur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. "Komedi Fransez" teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 yil tashkil etilgan "Xalklar teatri"da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
 
== Kinosi ==
Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli "Poyezdning kelishi", "Bolani emizish", "Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi" filmlari) 1895 yil 28 dek.da Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning "Film d’ar" firmasi kinoga mashxur dramaturg , aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 yilda rejissyor A. Gans urushga qarshi ruhdagi "Men ayblayman" pamfletini, rejissyor A. Antuan esa bir qancha filmlar ("Yer", 1921; "Arlezianlik ayol", 1922)ni yaratdi. 1-Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak "Avangard" harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissyorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va "Yangi janoblar" (1928, rejissyor J. Feyder), "Nana" (1926) va "Kichik gugurt sotuvchi" (1927, rejissyor J. Renuar), "Somon shlyapa" (1927, rejissyor R. Kler)].
 
30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; "Oktyabr" va "Erkin kino" uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun "Marselyeza" (1938, rejissyor R. Renuar), "Buyuk sarob" (1937, rejissyor R. Renuar), "Oxirgi milliarder" siyosiy satirasi (1934, rejissyor R. Kler), "Ahil kompaniya" (1936, rejissyor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi "Kechki mehmonlar", "Osmon sizlarga tegishli" kabi filmlarni yaratdilar. 1944 yil "Parijni ozod etish" filmi chiqarildi. "Rayka bolalari" filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissyor R. Klemanning "Relslar ustidagi jang" filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: "Parma ibodatxonasi" (1948, rejissyor KristianJak), "Qizil va kora" (1954, rejissyor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), "Tereza Raken" (1953, rejissyor M. Karne), "Jerveza" (1956, rejissyor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), "Oʻlimga mahkum qilingan qochdi" (1956, rejissyor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashxur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. "Kun va soat" (1963), "Parij yonyaptimi?" (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining "Bayram kuni" (1949), "Mening amakim" (1958), Kristian Jakning "FanfanTyulpan" (1952), "Qonun — bu qonun" (1958), P. Eteksning "Ohtortuvchi" (1963), "Yoyo" (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning "Qizil shar"), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943 yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissyor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 yildan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936 yil "Sinematika", 1972 yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 yilda Amerikaning "Oskar" mukofotiga oʻxshash "Sezar" milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissyorlar J.Sh. Takell ("Jiyanlar", 1975), D. Vin ("Martin Gerrning qaytishi", 1984), D. Kyuri ("Oramizda", 1985), K. Berri ("Jan de Florett", 1987), J. Rivett ("Maftunkor yongʻoq daraxti", 1991), R. Varnyer ("Hindixitoy", 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).
 
== Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari ==