Kuba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 62:
 
== Adabiyoti ==
S. Bilbaoning "Sabr koʻzgusi" dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-asr boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava universiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-asr oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va boshqalar) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-asr larda kreol va negr xalqi sheʼriyati rivojlandi. 19a.19-asr da romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti "Urush shoirlari" kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.
 
Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning "Erkin sheʼrlar", "Oddiy sheʼrlar" turkumlariga kiritilgan sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va boshqa shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-yillar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning "Aroziy saltanat", "Yoʻqolgan izlar", "Maʼrifat asri" romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-yillar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Poʻng , S. Mante, M. Kofino va boshqa barakali ijod qilmokdalar.