Ekvador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Ekvador hududida qadimdan 16-asr boshlariga qadar indeys qabilalari yashagan. 15-asr oxirida inklar zabt etgan. 1526 yil Ekvador sohiliga ispan konkistadorlari kelib oʻrnashdi. 1531—33 yillarda F. Pisarro boshchiligidagi konkistadorlar ekspeditsiyasi Ekvador hududini egallab oldi. 16-asrning 40- yillarida aholining ispanlarga qarshi qoʻzgolonlari boʻlib oʻtdi. 1563— 1739 yillarda Ekvador Kito audensiyasi nomi bilan Peru vitseqirolligi, 1739—1822 yil larda Yangi Granada vitseqirolligi tarkibida. 1809 yil aholining mustaqillik uchun harakati avj oddi. 1822 yil Ispaniya mustamlakachiligi tugatildi. 1830 yil maygacha Kito viloyati nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibida boʻddi. 1830 yil mustaqil davlatga aylandi va Ekvador Respublikasi deb nomlandi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Ekvador [[Fashizm|fashistik]] blokdagi davlatlar bilan munosabatlarni uzdi. 1944— 46 yillar hokimiyatga turli partiya va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hukumat boshchilik qildi. 1972 yildagi davlat toʻntarishidan soʻng harbiy hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamlash siyosatini olib bordi. 1979 yildan hokimiyatga fuqarolik hukumati boshchilik qilib kelmoqda. 1945 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — 10 avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1809).
 
== Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==