Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 61:
E. yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Ye. poʻstining yer yuzasiga yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Ye.ning hayot va bio-gen mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi.
 
E., uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a.asr, Fales) Ye.ni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a.asr, Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a.asr 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a.asr da Aristotel Oyning Ye. soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Ye.ning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-a.asr da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-a.asr da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Ye. meridiani yoyini oʻlchash asosida Ye. diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Ye. radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
 
Uzoq yillar Ye. — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-a.gaasrga kelib, sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi N. Kopernik Ye. Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot qildi.
 
17-a.asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687 y. da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Ye. tuzilishi, asosan, 20-a.asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.
 
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Ye. eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Ye. qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo boʻldi (q. [[Shmidt gipotezasi]]). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Ye. tarixi qancha davom etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi.
 
20-a.asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.
 
E.ning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng . Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Ye. Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Ye.ning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Ye. bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Ye. orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb qabul qilinadi (q. [[Astronomik birlik]]). Ye.ning orbita boʻylab qiladigan harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Ye. Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Ye. bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat qiladi.
Qator 79:
E. shar shaklida deb hisoblansa, ekvatordagi har bir nuqta 462 m/s, sr kenglikdagi nuqtalar esa 463 cos f (m/s) tezlik bilan harakatlanadi. Aylanish chizikli tezligining, binobarin markazdan qochma kuchning kenglikka bogʻliqligi turli kengliklarda ogʻirlik kuchi tezlanishining turlicha boʻlishiga olib keladi.
 
E.ning aylanish oʻqi ekliptika tekisligiga tushirilgan perpendikulyardan 23°26,5’ ogʻishgandir (20-a.asr urtalarida); hozir bu burchak yiliga 0,47" dan kichrayib bormoqda. Ye. Quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilganda aylanish oʻqi fazoda doimiy yoʻnalishini deyarli sakdaydi. Bu esa pil fasllarini hosil qiladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida kun va tun hosil boʻladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanish davri sutka deyiladi. Oy, Quyosh va b. sayyoralarning gravitatsion taʼsirida Ye. oʻqi qiyaligi va orbitasi ekssentrisitetining uzok, davom etadigan davriy oʻzgarishlari yuzaga keladi, bu esa, oʻz navbatida, iklimning koʻp asrlar davomida qisman oʻzgarib borishiga sabab buladi.
 
Oy va Quyoshning tortishi taʼsirida Ye.ning aylanish davri muntazam ravishda ortib bormoqda. Oyning tortishi atmosfera, suv qobigʻi va „qattiq“ Ye.da ham deformatsiyalanishni yuzaga keltiradi. Oy tortishi natijasida Ye. poʻstidagi koʻtarilish-pasayish amplitudasi 43 sm ga, ochiq okeanda koʻpi bilan 2 m ga yetadi; atmosferada esa bosim bir necha yuz N/m2 (bir necha mm sim. ust.)gacha oʻzgaradi. Koʻtarilish-pasayish harakatida roʻy beradigan ishqalanish taʼsirida Ye.-Oy sistemasi energiya yoʻqotadi va harakat miqdori momenti Ye.dan Oyga oʻtadi. Oqibatda Ye.ning aylanishi sekinlashadi, Oy esa Ye.dan uzokdashadi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bir asrda oʻrtacha bir necha m/s ga ortib bormoqda (500 mln. yil oldin sutka 20,8 soat boʻlgan). Ye.ning aylanish tezligi havo massalari va namlikning mavsumiy almashinib turishi natijasida ham yil davomida oʻzgarib turadi. Ye. qutblari botiq (ekvator atrofi massasi kattaroq) bulganligi va Oy orbitasi Ye. ekvatori tekisligida yotmaganligidan Oyning tortishi pretsessiyami vujudga keltiradi, yaʼni Ye. oʻqi fazoda ekliptika oʻqi atrofida sekin burilib boradi va 26 ming yil deganda bir marta toʻliq konus sirt chizadi. Bu harakatga oʻq yoʻnalishining davriy tebranishlari — nutatsiya ham qushilib ketadi (asosiy davri 18,6 yil). Aylanish uqining Ye. tanasiga nisbatan holati davriy ravishda ham (bunda qutblar urtacha holatdan 10–15 m ogadi), asrlar davomida ham oʻzgarib turadi, Shim. qutbning Urtacha holati Shim. Amerika tomonga yiliga −11 sm dan surilib boradi (k,. Geografik qutblar).
Qator 137:
Tinch okean qirgʻoklarining bunday xususiyatlarini koʻpincha uning kadimiyligidan deb izoxlaydilar. Ayni paytda atlantika tipidagi okeanlarning nisbatan yosh ekanligiga shubha yoʻq. Tarixiy geol. maʼlumotlariga koʻra paleozoy erasining oxirida Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida materiklari, Madagaskar o. va qad. Hind platformasi bilan birgalikda Gondvana deb atalmish yagona kontinental massivni tashkil etgan. Fakat mezozoy davomida u boʻlaklarga ajralgan, natijada xoz. Hind va Atlantika okeanlari botiklari paydo boʻlgan. Bu faktni hamma tomonidan yakdil tan olinishi uni turlicha talqin etilishini inkor qilmaydi. Baʼzi bir olimlar bu hodisani „okeanlanish“ natijasi, yaʼni materik Ye. poʻstini okean osti Ye. poʻstiga aylanishi deb hisoblaydilar. Ayni vaqtda okeanlar materik Ye. poʻsti bloklarining surilishi va tag substratning ochilib qolishidan hosil buladi degan fikrlar keng tarqalmoqda. Materiklar dreyfi toʻgʻrisidagi bunday fikrlar paleogeografiya maʼlumotlari asosida tasdiqlangan.
 
20-a.ningasrning 60-y.larida olgʻa surilgan mobilistik gipotezalardan „yangi global tektonika“ yoki „plitalar tektonikasi“ deb atalmish gipoteza keng tar-qaldi. Bu gipotezalar okeanlarda olib borilgan geofizik tadqiqotlarga aoslangan. Unda okean osti Ye. poʻstining okean oʻrtaliq tizmalaridan ikki tomonga qarab „oqishi“ va buning natijasida okean choʻkmalarining kengayishi taxmin qilinadi.
 
Yer relyefi. Ye.ning eng yirik (sayyoraviy koʻlamdagi) relyef shakllari Ye. poʻstining eng ulkan strukturali unsurlariga muvofiq keladi. Ularning morfologik tafovutlari Ye. poʻsti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixidagi farqqa hamda tektonik harakatlarning yunalishiga qarab bel-gilanadi. Ye. yuzi relyefining asosan ichki (endogen) jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan bu shakllari morfostrukturalar deb ataladi.
Qator 213:
Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tiklash masalalariga muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan ish deb qaraladi. Respublikada tabiatni qoʻriqlash toʻgʻrisida aholida qonunlar qabul qilingan (q. [[Tabiat boyliklari va tabiatni qoʻriqlash]]).
 
Aholi sonining oʻsishi bilan tabiiy resurslarning kamayib borishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Milod boshida yer yuzida 200 mln. kishi bor edi. 1000 y.da yer yuzidagi aholi 275 mln., 17-a.daasrda 500 mln. 1950 y.da 2,5 mlrd., 1970 y.da 3,6 mlrd., 2000 y.da 6 mlrd.ga yetdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholi soni ayniqsa tez oʻsmoqda. Bu esa oʻsha mamlakatlar oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasini qoʻymoqda. Aholini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash uchun ekin maydonlarini kengaytirish, ayniqsa, hosildorlikni tobora oshirib borish, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish zarur. Dengiz va okean resurslari ham oziq-ovqat manbai boʻlishi mumkin. Shuning uchun suvlarni toza saqlash insoniyatni suv bilan taʼminlash masalasi qoz. dolzarb masalalardan biri hisoblanadi (q. [[Suv resurslari]]).
 
== Adabiyot ==