Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 18:
 
== Tarixi ==
Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-a.asr da kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-a.asr da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795—1014) , ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-a.asr larda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-a.asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvar da "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan I. vakillariga bir necha oʻrin berib, I. parlamentini bekor qildi. 19-a.asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
 
[[Birinchi jahon urushi|1-Birinchi jahon urushi]] yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi I. qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning jan. qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada I. "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida I. maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. I. dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 yil I. Resggublikasi va Shim. I. ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 yilda imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955 yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 yil dekabrda OʻzR suverenite-tini tan olgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 44:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905 yildan ), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 yildan ), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859 yildan ), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 yildan ), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 yildan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1922 yildan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969 yildan ), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 yildan radioeshittirish, 1961 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
 
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a.asr da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.asr), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a.asr lar-da) paydo boʻlgan. 12-a.asr da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.
 
16—18-a.asr lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. I. jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a.asr oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a.asr 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-yillarda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a.asr oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a.asr boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 yilda ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-yillarda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80yillarda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
 
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a.asr larda I. da tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a.asr oxiridan 14-a.asr gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a.asr lar)da I. meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a.asr larda va 19-a.asr boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 yildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a.asr va 20a.20-asr boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a.asr 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).
 
Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12a.5—12-asr larda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a.asr ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-a.asr da koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-a.asr rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a.asr boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg , V. Irl va b.). Hoz. I. da realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.
 
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a.asr oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a.asr lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a.asr da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.daasrda M. Balf, 20-a.asr da Ch. Stan-ford, A. Baks va boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 yil Dublinda konservatoriya, 1964 yilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
 
== Teatri ==
Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati I. da majusiylik davridan mavjud. 16-a.asr da Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-a.asr dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 yilda I. milliy drama jamiyati, 1904 yilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr") da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 yillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 yilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 yildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
 
Kinosiga 1936 yil asos solingan. 30— 40-yillarda I. kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 yildan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 yil "Quvilganlar" badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 yilda kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.