Argentina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 11:
Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va boshqalar) Argentinaning shim.-g‘arbida va Parag-vay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda Argentina hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ningasrning 1-yarmidahoz. Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 - 11 yillar). 1776 yilda hozirgi Argentina hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. Argentinada katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a.asr mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a.asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a.asr oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.larasrlar bo‘sag‘asida Argentinada sanoat rivoj-landi. 19-a.ningasrning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida Argentina betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan Argentina— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 - 55 va 1973 — 74 yillarda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 yil 9 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 30:
Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: "Rason"("Aql-idrok", 1905 yildan), "Prensa"("Matbuot", 1869 yildan), "Nason"("Millat", 1870 yildan), "Ga-seta" ("Gazeta", 1912 yildan). "Teleno-tisiosa amerikana" hukumat agentli-gi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 yildan mavjud. 1959 yilda 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.
== Adabiyoti ==
Argentinada yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.danasrdan 19-a.asr boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a.asr oxiri — 19-a.asr boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyon bo‘ldi. 1810 — 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning "Vatan-parvarlik marshi", 1810, Argentina madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a.asr 2-yarmida "gaucho adabiyoti" urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-yillar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, "Santos Vega" she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman "Amaliya", 1855), X. Ernandes (uning "Martin Ferro" qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. 19-a.asr o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-a.asr 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a.asr 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.
== Tasviriy san’ati va me’morligi ==
Argentina tub joy aholisining mustamlaka-chilikdan avvalgi san’ati (16-a.asr) mato-larga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. Argentinada milliy rassomlik 19-a.daasrda yuzaga kelib, 20-a.asr boshlarida taraqqiy etdi. Rassom-lar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-a.asr oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a.asr o‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. Argentinada mahalliy xalq — in-deyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-a.danasrdan boshlab Argentina me’mor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova universiteti majmuasiga kiradi. 18-a.asr oxiri va 19-a.asr boshlarida Argentinada mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-a.asr oxiri — 20-a.asr boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Bue-nos-Ayresdagi "Kolon" teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-a.danasrdan hozirgi zamon me’morligi rivojlandi. Bu-enos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.
== Musiqasi ==
Hozirgi zamon Argentina hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqarivojlangan va o‘ziga xos musiqa ma-daniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli as-boblari) hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-a.asr oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan bo‘ldi. "Pampa" operasi-ning ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. "Pampa" asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda "Kolon" ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.
== Teatri ==
Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-a.daasrda havaskorlar truppalari may-donga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda "Komediya uyi" nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a.asr boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesala-ri shuhrat topdi. 19-a.ningasrning 80-yillarida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a.daasrda va 20-a.asr boshlarida "Viktoriya", "Apolo"teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qo‘yildi. 1920-yillarda Argentina teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asar-lari qo‘yildi. 1935 yilda Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy te-atrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943 yilda Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 yilda Buenos-Ayres-da birinchi opera spektakli — "Sevi-lyalik sartarosh" (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877 yilda F. Argreaves birinchi A. operasi "Oq mushuk"ni yarat-di. 1925 yildan milliy balet trup-pasi ish boshladi: "Kometalar", "Panambi" kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hozirgi vaqtda Buenos-Ayres Argentina teatr san’ati-ning markazi bo‘lib, bu yerda "El Pueb-lo", "La Maskara", "Fray Mocho" kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, "Odeon" kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.
== Kinosi ==
Argentinada film yaratish 1897 yildan boshlandi. 1908 yilda italiyalik rejissyor M. Galo "Dorregoning otilishi"degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr ak-tyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rejissyor X. A. Ferreyra ("Gaucho qo‘shig‘i", 1930), L. Zaslavskiy ("Qochish", 1937) va boshqa bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat ("Gaucho urushi"), S. Pondel Rios ("111-kilometr"), E. Amorim ("Keksa doktor") kabi kinossenariychilar bara-kali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino i.ch. firmalari: "Arxentina sono films", "Kontrakuadro". Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Mil-liy kinematografiya in-ti ishlab turib-di.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>