Shveysariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 85:
 
== Tarixi ==
shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Sh. haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Sh. hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291 yil 1 avgustda oʻzaro "abadiy ittifoq" tuzib, "Muqaddas Rim imperiyasi" doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499 yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513 yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798 yilgacha mavjud boʻlgan). 1648 yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Sh. suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803 yillar Sh. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848 yilgi konstitutsiya boʻyicha Sh. kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va 2-Ikkinchi jahon urushi yillari Sh. oʻz betarafligini tasdiqladi. Sh. hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Sh. 2002 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 23 dekabrda OʻzR suverenitetini tan olgan va 1992 yil 7 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 avg . — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899 yildan beri nishonlanadi.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 118:
Sh. hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (q. [[Laten madaniyati]]). Myunster (hozirgi Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Sh. sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Sh. tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I.L.Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I.G.Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X.L.Fogel, X. Xeys, grafikachi R.Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida simvolizm va "modern" uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Sh. sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq).
 
1-Birinchi jahon urushi yillari Sh. sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-yillar Sh. sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan.
 
== Musiqasi ==